Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, o‘zaro janjal aks etgan videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning aprel oylarida Qo‘qon shahri Alisher Navoiy mavzesida fuqaro M.M. hamda marhum (17-avgustda ushbu voqeaga aloqador bo‘lmagan holatda vafot etgan) Q.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib, M.M. Q.A.ning turli joylariga urib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat kelib tushmagan.
Videotasvirdagi holatda ishtirok etgan boshqa fuqarolarning ham shaxsiga oydinlik kiritilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)