PFL Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini ma’lum qildi.
“Qizilqum” futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Abduxoliqov avgust oyida 4 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Pshemislav Banashak (“Paxtakor”), Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”), Shohnazar Norbekov (“Qo‘qon-1912”), Ruslanbek Jiyanov (“Olimpik”) va Dragan Cheran (“Paxtakor”).
Shuningdek, “Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonovning “Navbahor”ga urgan goli avgust oyining eng yaxshi goli deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” klubi ustozi Temur Kapadze Superligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)