“Olimpik” klubi ustozi Temur Kapadze Superligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Kapadze qo‘l ostidagi “olimpiyachilar” o‘tgan oydagi 4 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. To‘plar nisbati esa 8:2 ni tashkil qildi.
Eng yaxshi murabbiy nomi uchun Temurga Davron Fayziyev (“Qo‘qon-1912”) va Samvel Babayan (“Navbahor”) raqobatchi bo‘lgandi.
Kapadze iyun (iyul) oyida ham ushbu nomga loyiq ko‘rilgandi.
Aprelda Mirjalol Qosimov (“OKMK”), may oyida esa Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.