AQSHda strategik neft zaxiralari o‘tgan haftada 8,4 million barrelga qisqarib, 434,1 million barrelga yetdi. Bu AQSH Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1984-yil oktabr oyidan beri eng past ko‘rsatkichdir, deya xabar bermoqda “RBK”.
Qo‘shma Shtatlar bahordan beri strategik neft zaxiralaridan faol foydalanmoqda. Mamlakat prezidenti Jo Bayden mart oyida shunday qaror qabul qilgan edi.
Oq uy rejasiga ko‘ra, olti oy ichida zahiradan kuniga 1 million barrelga yaqin, jami 180 million barrelga yaqin neft olinishi kerak edi.
AQSH hukumati bu qarorni mamlakatda yonilg‘i narxining yuqoriligi va inflyatsiyaning keskin o‘sishi sharoitida qabul qildi.
Energetika vaziri Jennifer Granholm Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, ushbu dastur bo‘yicha yonilg‘idan foydalanish oktyabr oyida yakunlanishi kerak. Oq uy sentyabr oyi oxirida muddatni uzaytirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Avvalroq AQSHda neft mahsulotlari eksporti o‘tgan haftada rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)