9-sentabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Gretsiya milliy-madaniy markazi raisi Konstantinos Politis bilan O‘zbekiston—Gretsiya munosabatlari va istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.
Qayd etilishicha, uchrashuv doirasida Konstantinos Politisga O‘zbekiston prezidentining minnatdorlik maktubi topshirilgan. O‘z o‘rnida, Konstantinos Politis davlat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan mamnunligini bildirgan.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr almashilgan. Xususan, Konstantinos Politis Gretsiya milliy-madaniy markazi faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib, yaqin istiqboldagi reja va tadbirlar yuzasidan ma’lumot bergan.
Suhbat yakunida joriy yil O‘zbekiston–Gretsiya diplomatik munosabatlariga 30 yil to‘lishi munosabati bilan 6 noyabr kuni madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)