Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda super kontraktga kirgan talaba yaxshi o‘qiy olmasa ta’limni bitirolmaydi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov aytib o‘tdi.

Abduqodir Toshqulov

Abduqodir Toshqulov
Foto: “Daryo”

Abduqodir Toshqulovning ma’lum qilishicha, oliy ta‘lim muassasalarida o‘qish kundan-kunga qiyinlashib boryapti, abituriyent super kontraktni to‘lashi mumkin, lekin bitirolmaydi.

“Ota-onalarga murojaat qildimki, bolangizni ertaga o‘qib ketishiga ishonsangiz super kontrakt to‘lang. Avvalgidek telefon qilib bolangizni kursdan-kursga o‘tkazolmaysiz. Men sizga to‘g‘risini aytaman, men vazirman, menga iltimos bo‘lsa men aralashmayapman, aralashganim bilan bir ish chiqmasligini ham bilaman.

Kredit modul tizimi bo‘yicha platforma ishlayapti. Bu ham kontrakka o‘xshab texnikani qo‘liga berilyapti asta-asta. Bu jarayonlarga bir yil muddat beringlar.

Ta‘lim sifati bo‘yicha butun bizga xos bo‘lmagan ishlarni muhtaram prezidentimiz bizdan oldirtirib berdilar.

Bu yil faqat va faqat sifat bilan ishlanadi”, – oliy ta’lim vaziri.

Avvalroq vazir Abduqodir Toshqulov OTMga kirish imtihonlarida abituriyentlarga 5 ta yo‘nalish tanlovi berilishi qobiliyatlarni asrab qolishda imkoniyat yaratishini aytib o‘tgan edi.

Izoh

Mansur Kalandarov

12 sentabr, 19:13

Ha endi özlaringizga keldinglar oldinroq qilish kerak edi. Haliyam kech qoldilar.

Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)