Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov “Kun.uz” muxbirining OTMlarda ro‘mol o‘rash mumkin yoki mumkin emasligiga aniqlik kiritish haqidagi savoliga javob bermasligini, ayni paytdagi matbuot anjumanida faqatgina ikkita masalaga doir savollarga javob berishini bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ijara va to‘lov-kontrakt masalalariga aniqlik kiritgan.

“Kun.uz” sayti jurnalisti Zuhra Abduhalimova vazir Abduqodir Toshqulovga yuzlanib, O‘zbekistondagi mavjud oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlarga ro‘mol o‘rash mumkin yoki mumkin emasligiga qiziqib, “Shu savolga siz aniq javob bersangiz, qo‘l ostingizdagi, joylardagi ijrochilar bundan xulosa chiqargan bo‘larmidi?”, — dedi.

“Bu savolingizga men javob bermayman. Boisi matbuot anjumani avvalida faqatgina ikkita masalaga doir savollarga javob beraman, dedim. Men shu paytgacha borgan oliy ta’lim muassasalarida siz aytgan muammo yo‘q”, — dedi vazir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda