Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Termizga uchgan samolyoti Buxoro aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, HY-065 yo‘lovchi reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Buxoro shahridagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgan. FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, 11-sentabr kuni soat 7:40 da uchgan samolyot soat 9:00 da Buxoro aeroportiga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyatida shamol tezligi 20-23 metr/sekundga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)