Vladimir Norov 7-sentabr kuni Saudiya Arabistoni, Ar-Riyod shahriga boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi “Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi — Markaziy Osiyo” strategik muloqotining birinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Vladimir Norov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashib, bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashgandi. Ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi strategik muloqotining 2022-yildagi birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgandi.
Izoh (0)