Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning fikricha, Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli kelayotgan qishda duch kelinadigan muammolarga Yevropa davlatlarining faqatgina o‘zlari aybdor bo‘ladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa nima ekkan bo‘lsa, shuni o‘radi”.Yevropaning Putinga munosabati va uning Rossiyaga qarshi sanksiyalari muqarrar ravishda Putinni shunday holatga olib kelgan. O‘ylaymanki, Yevropa bu qishni jiddiy muammolar bilan o‘tkazadi”, — degan Erdo‘g‘on Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.Eslatib o‘tamiz, 2-sentabrdan boshlab Gazprom oxirgi ish turbinasi nosozligi sabab “Shimol oqimi” orqali yetkazib berishni butunlay to‘xtatgan edi.
Izoh (0)