Angliya Premyer Ligasining 5-turida “Manchester Siti” “Nottingem Forest” ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Erling Holand uchrashuvda het-trik qayd etdi. Norvegiyalik APLdagi dastlabki 5 o‘yinida gollar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Avvalroq Serxio Aguero (“Manchester Siti”) va Maykl Kuin (“Koventri”) APLdagi dastlabki 5 o‘yinida 8 ta gol urgandi. Holand esa dastlab rekordni takrorladi va keyin yangiladi. Hozirda Holand hisobida 5 ta o‘yinda 9 ta gol mavjud.
Shuningdek, Erling APL 20 ta klubining 15 tasidan ko‘proq gol urgan. Faqatgina “Manchester Siti” (Holandni gollarini hisoblamaganda 10 ta), “Brentford” (10 ta), “Tottenhem” (10), “Arsenal” (13) va “Liverpul” (15) undan ko‘proq gol urgan. Qolgan klublarda 8 va undan kam gollar mavjud.
Norvegiyalik 27-avgust kuni “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda (4:2) ham het-trik qayd etgandi. Faqat 6 nafar futbolchi Premyer Ligada ketma-ket 2 o‘yinda 3 tadan gol urgan: Les Ferdinand, Yan Rayt, Tyerri Anri, Didye Drogba, Ueyn Runi va Harri Keyn.
2022-yilda Erling Holand va Krishtianu Ronaldu ikkita het-trikni amalga oshirdi. Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum gol urmadi. Ortda qolgan mavsumda “Tottenhem” (3:2) va “Norvich” (3:2) darvozalarini 3 martadan ishg‘ol qilgan edi.
Izoh (0)