O‘zbekistonda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi 10 297 ta ta’lim muassasalari qo‘riqlanib kelinayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘ylab yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim muassasalari xavfsizligi o‘rganildi. Ushbu muassasalarda texnik qo‘riqlash vositalarining sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan:
- 5398 ta umumta’lim maktablari;
- 656 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari;
- 3959 ta maktabgacha ta’lim muassasalari;
- 284 ta talabalar yotoqxonalari texnik qo‘riqlovga olingan.
Izoh (0)