Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mashina haydagan voyaga yetmagan bola 13 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 15 yoshli bola Nexia’ni haydab ketayotib, piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 13 yoshli bolani urib yuborgan.
Jabrlangan bola zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)