NASA James Webb kosmik teleskopi tomonidan olingan Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoraning birinchi suratini e’lon qildi.
“Astronomlar birinchi marta NASA’ning James Webb teleskopidan Quyosh sistemamizdan tashqaridagi sayyorani to‘g‘ridan to‘g‘ri suratga olish uchun foydalanishdi. Ekzosayyora gaz giganti bo‘lib, toshli yuzaga ega emas va yashash uchun yaroqsiz hisoblanadi”, — deyiladi NASA saytida.
Agentlik tomonidan e’lon qilingan to‘rtta suratda kosmik observatoriyaning turli asboblari tomonidan olingan HIP 65426 b sayyorasi aks etgan. Fotosuratlarni yaratish bo‘yicha tadqiqot Buyuk Britaniyaning Exeter universiteti tomonidan olib borilmoqda. Aytilishicha, HIP 65426 b Yupiter massasidan 6-12 baravar katta va taxminan 15-20 million yoshda.
Mavzuga doir:
- James Webb Yupiterdagi qutb yog‘dularini suratga oldi — ular Yernikidan ming marta yorqinroq (foto)
- NASA James Webb teleskopi yordamida olingan koinotning eng aniq tasvirini chop etdi (foto)
- Astronomlar quyosh sistemasidan tashqarida joylashgan eng yosh sayyoralardan birini to‘g‘ridan to‘g‘ri suratga olishga muvaffaq bo‘ldi (foto)
Izoh (0)