• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zgarishlar jamiyatning o‘ziga bog‘liq” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan prezident va tadbirkorlar muloqoti haqida suhbat (video)

    Joriy yilning 22-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashdi. O‘zaro muloqotda soliq va boshqa tizimlardagi bir qancha yangiliklar e’lon qilindi. Muammolar aytildi va ularga yechim topilishi ta’kidlandi. “Daryo” muxbiri Islombek Umaraliyev iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan mazkur muloqotda muhokama qilingan dolzarb masalalar to‘g‘risida suhbatlashdi.

    — Abdulla aka, siz ham prezident va tadbirkorlar muloqotida ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanday bo‘ldi, uchrashuv kutganingizdek o‘tdimi?

    — Menimcha, uchrashuv kutilgandan ortiq bo‘ldi. Bu ko‘pirtirib gapirish emas. Negaki, bu gal faqatgina individual masalalardan ko‘ra, tizimli muammolarga ko‘proq e’tibor qaratildi. Albatta, jarayonga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Muloqotda prezident kichik tadbirkorlik korxonalarini toifalarga ajratilishini ma’lum qildi. Bu qaror qanchalik samarador deb o‘ylaysiz?

    — Shu paytgacha kichik va o‘rta biznes deyaverar edik-u, o‘zi unga nimalar kiradi, farqi qanaqa, mikrofirma nima degan gaplar bo‘lmasdi. Bu yerda klassifikatsiya haqida gap ketayotgani yo‘q. Agar biz aniqlik kiritsak, masalan, mikrofirma bilan o‘rta korxona orasida ancha farq bor. Shuning uchun iqtisodiy-ma’muriy siyosatni belgilaganda, bu firmalar o‘rtasidagi farqqa katta e’tibor berilishi kerak.

    Prezident ham ma’ruzasida: “o‘zi bir kunda 5 million so‘mlik savdo qilsa, ming so‘mlik chekni bermagani uchun unga 5 million so‘m “shtraf” solish qanchalik to‘g‘ri”, deb aytib o‘tdi.

    Mazkur klassifikatsiya orqasida mikrofirma, kichik va o‘rta firmaga bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va ma’muriy munosabat o‘zgarishi kutilyapti. Bu oddiy gap emas. Buning orqasida u firmalarni soliqqa tortish, ma’muriy choralar ko‘rish tartiblari, buxgalteriya hisobotidagi talablar o‘zgaradi.

    — Muloqotda 2023-yildan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi aytildi. Bu o‘zgarish biznes uchun qanchalik muhim edi?

    — QQS masalasi 2019-yildan beri turli muhokamalarga sabab bo‘lib keladi. Boshida QQS 20 foiz qilib belgilangandi. Buni shaxsan men ham qo‘llab-quvvatlaganman. Nega deganda, sobiq moliyachi sifatida juda qo‘rqamanki, davlat byudjet daromadlarida kollapsga, ya’ni keskin kamayishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tajriba ko‘rsatdi, o‘tgan yili QQS 15 foizga tushirilgach, daromadlar hajmi oshdi. O‘ylaymanki, QQS 12 foizga pasayishi iqtisodiy faollik oshgani hisobiga byudjetga katta zarar yetkazmaydi. Qolaversa, tadbirkorlar uchun ham juda katta yordam bo‘ladi.

    Nega QQSga ko‘p e’tibor beriladi? Birinchidan, kichik va o‘rta korxonalarning aksariyati uchun QQS “oborot” solig‘iga aylangan. Ilgari 4-5 foiz aylanmadan olinadigan soliq to‘lab yurgan tadbirkor, birdaniga 20 foiz, ma’lum vaqtdan so‘ng 15 foiz “oborot” solig‘i to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bu barcha sohalarni qamrab oldi. Oqibatda kundalik iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan talab saqlanib qolsa-da, sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin kamaydi. Iste’mol strukturasi butkul o‘zgardi.

    Biz hadeb iqtisodiy siyosatdan gapiraveramiz-ku, lekin davlat birinchi o‘rinda ijtimoiy siyosatga kuchliroq e’tibor qaratishi kerak. Masalan, AQSH Federal tizimining asosiy vazifasi qilib narx-navo darajasini ushlab turish ko‘rsatilgan. Demak bu asosan ijtimoiy masala. Ikkinchi vazifa sifatida esa ishsizlik darajasini tushirmaslik belgilangan. Qarang, butun iqtisodiy siyosat ishsizlik darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Demak, jamiyatdagi asosiy ijtimoiy ko‘rsatgichlar – ishsizlik darajasi, real daromadlar, ijtimoiy to‘lovlar hajmidir. Bularning hammasi bir-birga bog‘liq bo‘lgan eng kuchli ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Biz ham sekin-asta shu tizimga o‘tishimiz kerak. Aniq ijtimoiy terminlarni gapiradigan vaqt keldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Eng muhim masala– qonun ustuvorligi. Bu haqda prezident bir necha bor ta’kidlagan. Misol uchun, o‘tgan yilgi tadbirkorlar bilan uchrashuvda ham respublikada qonunlar ishlashi zarurligiga alohida urg‘u berilgan. Nima deb o‘ylaysiz, Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi ta’minlanyaptimi?

    — Agar jamiyat tayyor bo‘lmasa, zo‘r qonunlar chiqarilsa ham ishlamaydi. O‘zgarishlar jamiyatning o‘ziga bog‘liq. Ko‘pgina o‘zgarishlarga jamiyatning o‘zi sababchi bo‘lishi, ongi yetib kelishi kerak. Masalan, sizni “GAI” to‘xtatib falon qonunni buzdingiz, “shtraf” to‘laysiz desa, sizning birinchi qiladigan reaksiyangiz aka, kelishsak bo‘ladimi, deysiz. Bu qonunni buzish-ku! Yoki ko‘chada haydovchilarga e’tibor bering. Qaysi biri yo‘l harakati qoidalariga qoyil qoladigan darajada amal qilyapti? Demak, bu muammo bizning qonimizga singib ketgan. Qonunga hurmatsizlik o‘zimizdan boshlanadi. Lekin biz nimagadir tepadagilarni aybdor qilib ko‘rsataveramiz. Har bir inson qonunga hurmatni o‘zidan boshlasin. Ana undan keyin yuqoridan talab qilsak bo‘ladi.

    Katta iqtisodiy yutuqlarga katta ishlab chiqaruvchilar bilan erishish mumkin. Kichik va o‘rta biznes siljish beradi, lekin u siljish 10-15 yilga cho‘zilishi mumkin. Bizda yirik bizneslarga ko‘p va katta imtiyozlar beriladi. Bir hisobdan yirik sanoat vakillari kuchayishini istaymiz, ular xalqaro maydonga chiqsin, deymiz. Lekin ularga alohida sharoit yaratib berish jamiyatda tenglik huquqini buzish bilan barobar. Ya’ni qonun bilan qilinyapti, ammo u qonunning orqasida turgan ijtimoiy adolat buzilyapti.

    Imtiyozlar masalasi ham sodda narsa emas. Aslida eng boy korxonalar QQS to‘lamaydi. Bu albatta, ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan juda ham yomon narsa. Bunday imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqishimiz va yo‘q qilishimiz lozim. Buning uchun juda katta ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy iroda kerak. Aslida mana shu iroda bizga yetishmay turibdi.

    Bunday imtiyozlarni jamiyatga bo‘lgan zararini iqtisodiy hisobotlarda to‘liq ochib berilishi shart. Bu haqda ko‘p gapirishimiz, jamiyatga va rahbariyatga yetkazishimiz lozim.

    — Prezident bilan muloqotda ham iqtisodchi, ham tadbirkor sifatida qanday takliflarni aytdingiz?

    — O‘zim 20 tadan ortiq taklif berdim. Masalan, hozirda nafaqat qishloq xo‘jaligiga doir bo‘lmagan yerlar, balki qishloq xo‘jaligi yerlarini ham xususiylashtirishga start berilishi kerakligi. Buni biror tuman yoki viloyatda tajriba tariqasida ko‘rib chiqish lozim. Agar yaxshi natija bersa, butun respublikaga joriy etsa bo‘ladi.

    Ikkinchidan, umumiy soliqlar tizimiga o‘tishda hozirda 1 milliard so‘m bo‘lgan chegarani 5 milliard so‘mga ko‘tarish. Bu juda katta masala. Lekin bunga Moliya vazirligi va boshqa ko‘pchilik tashkilotlar vakillari rozi bo‘lmadi. Biz ushbu masalaga yana qaytaveramiz. Shu taklif qabul bo‘ladi. Chunki busiz kichik va o‘rta biznesda katta o‘zgarish hosil bo‘lmaydi. QQSni 12 foizga tushirgani bilan, kecha 4-5 foiz soliq to‘lab yurgan kichik va o‘rta biznes uchun 12 foiz ham kattalik qiladi.

    Keyingi taklifim inflyatsiyani jilovlash siyosatidan mutlaqo voz kechib, jamiyatda umumiy talabning mo‘tadil miqdorini ushlab turish kerakligi bo‘yicha bo‘ldi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimdek, bu ham juda muhim masala.

    Yana bir taklifim davlat hisobidan katta bir fond tuzib, tadbirkorlarga uzoq muddatga (masalan 15-20 yilga) 5-6 foizlik kreditlar berilishi kerak. To‘g‘risi, bu masalalarda ko‘plab tortishuvlar bo‘lmoqda. Lekin albatta, bir qarorga kelishimiz lozim.

    Eng muhim bir narsani tushunishmiz kerak: bizga huquq va taraqqiyot kimdir tomonidan berilmaydi. Ularning hammasiga o‘zimizning kurashimiz bilan erishishimiz kerak.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    27.08.2022, 19:04   Izoh (0)   11812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 20 sotix muhofazadagi yerni 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    27.08.2022, 18:56

    Misr O‘zbekistonga gepatit C virusiga qarshi 30 ming dona dori sovg‘a qildi

    27.08.2022, 18:35

    “O‘zbekneftgaz”: ESG standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda

    27.08.2022, 17:30

    O‘zbekiston Milliy bog‘idagi ko‘l tiklandi. Shavkat Mirziyoyev bog‘ning qurilish ishlaridan keyingi holati bilan tanishdi (foto)

    27.08.2022, 17:13

    O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilmoqda?

    27.08.2022, 16:55

    "Norinchi bo‘lib turib ham bemalol boyib ketsa bo‘ladi". Ko‘p pul topish uchun diplom bo‘lishi shartmi?

    27.08.2022, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31

    Qozog‘istonda xotinini 10 yil davomida urib kelgan sobiq diplomat 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 18 iyul, 20:30

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Layfstayl | 18 iyul, 20:15

    Ko‘kdaladagi zapravka portlashida halok bo‘lgan va yaralanganlarga tovon puli to‘lanadi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 20:07

    Sizning ruxsatingizsiz ishga joylashtirib qo‘yishsa nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntirish berdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:55

    Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

    Dunyo | 18 iyul, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.