Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda nutq so‘zlamoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Davlat rahbari ilgari surayotgan tashabbuslarning beshinchi yo‘nalishi — tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bog‘liq.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.
Izoh (0)