Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda nutq so‘zlamoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Prezidentning aytishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.
“Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi”, — deydi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Izoh (0)