Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida dorixonadan pul va telefon o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, viloyat IIB 102 tizimiga Yakkabog‘ tumanida yashovchi H.Sh. dorixonasida qo‘l telefoni va dorixona kassasida turgan 300 ming so‘m puli yo‘qolganini ma’lum qilgan. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qamashi tumani “Yortepa” MFYda yashovchi Ch.B. sodir etgani aniqlanib, undan 1 dona qo‘l telefoni va 26 ming so‘m pullar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.
Ayni damda holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegrov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)