• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktab direktorlari tanish-bilish orqali xodimlarni moddiy rag‘batlantirgan — Xalq ta’limi vazirligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarni mukofotlash va rag‘batlantirish, direktor jamg‘armasidan beriladigan ustamalar va boshqa moddiy imkoniyatlar borasida turli talqinlar ilgari surilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi bu masalaga aniqlik kiritdi.

    Vazirlik matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustda qabul qilingan 425-sonli qarori bilan ayrim qarorlarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qarorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

    Mazkur o‘zgartirishlar joylardagi korrupsion holatlarni, shuningdek, moliyaviy xato va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, mablag‘larni maktab rahbarlari hamda joylardagi mas’ullarning suiste’mol qilishining oldini olish ko‘zda tutilgan.

    O‘zgarishlar bevosita o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladigan direktor jamg‘armasi mablag‘lari miqdorining pasayishiga olib kelmaydi. Aksincha, mablag‘lar aniq mezonlar asosida belgilanadigan ustamalarga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishiga va mukofotlashning “barcha uchun tenglik” tamoyili asosida amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

    Qonunchilikka ko‘ra, 2022-yilda Direktor jamg‘armasi jami maktab ish haqi fondining 12 foizi bo‘yicha shakllantiriladi. Mazkur jamg‘arma hisobidan 2022-yilning avgustiga qadar maktabning eng ilg‘or o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama, shuningdek, mablag‘lar doirasida xodimlarga moddiy yordam va mukofot berish imkoniyati berilgan.

    Shuningdek, ma’lum qilinishishicha, 2021-yilda bir maktabda o‘rtacha direktor jamg‘armasining 55 foizi pedagog xodimlarga har oylik ustamalar uchun hamda qolgan 45 foizi mukofot va moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Biroq joylarda o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama berish o‘rniga foizni kamaytirish va qolgan summani moddiy yordam hamda mukofotga yo‘naltirish amaliyoti yildan yilga oshib borgan.

    Xususan, 2021-yilda maktabning ish haqi fondiga 787,5 million so‘m va direktor jamg‘armasiga 175,5 million so‘m ajratilgan. Ushbu Jamg‘arma mablag‘larining faqatgina 20 foizi pedagog xodimlarga har oylik ustamalar uchun, qolgan 80 foizi mukofot va moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan.

    Ko‘p hollarda jamg‘arma hisobidan maktab direktorlari tanish-bilish orqali xodimlarga moddiy rag‘batlantirish, surunkali ravishda aynan bir guruh xodimlarga takror-takror amalga oshirgan. Mukofot pullari direktorga yaqin bo‘lgan xodimlarga, qarindosh va tanishlarga rasmiylashtirilgani aniqlangan.

    Avvalgi tahrirda jamg‘arma hisobidan moddiy yordam miqdori chegaralanmagani sababli istalgan hajmda moddiy yordam ko‘rsatish orqali o‘g‘irlik holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha materiallar huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

    Shundan kelib chiqib yangi tahrirda direktor jamg‘armasidan moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlari va holatlari aniq belgilab qo‘yildi. Natijada mukofot va moddiy yordam pullarini sababsiz berish imkoniyatlari cheklandi, maktab doirasida o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun ajratiladigan jami summa esa saqlab qolindi.

    Bu esa:

    • mablag‘larni bevosita o‘qituvchilarning ustamalariga yo‘naltirish;
    • moddiy yordam ko‘rsatishning aniq holatlarini belgilash
    • (xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda);
    • mukofot pullarini barchaga teng miqdorda berish imkoniyatini yaratdi.
    Shuningdek, Vazir jamg‘armasi orqali yagona tamoyil asosida respublika bo‘yicha malakali pedagog xodimlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5,1 mln. so‘m) miqdorida har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xuddi shunday miqdorda ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotini to‘lash amaliyoti joriy etildi.

    “Xulosa o‘rnida Direktor jamg‘armasiga beriladigan mablag‘lar kamaytirilmagani, aksincha, moddiy yordam va mukofot pullarini aniq maqsadlarga va tenglik tamoyili asosida berish ta’minlanganini qayd etish kerak.

    O‘zgartirishlar orqali Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish orqali o‘qituvchi va boshqa xodimlarga to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlash maqsad qilingan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    21.08.2022, 16:54   Izoh (0)   39036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda yana bir tadbirkor o‘z joniga qasd qildi

    21.08.2022, 15:51

    “O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    21.08.2022, 14:50

    Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz yurish muddati uzaytiriladi

    21.08.2022, 14:31

    Namanganda fermerlar kengashlari shikoyatlariga asosan hokimliklarning 34 ta qarori bekor qilindi

    21.08.2022, 12:11

    Davlat ekologiya qo‘mitasi qo‘mita raisi jiyani rahbarlik lavozimiga tayinlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    21.08.2022, 11:13

    O‘zbekistonga AQSH Kongressi delegatsiyasi keldi

    21.08.2022, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.