Polsha Milliy banki rahbari Adam Glapinskining ma’lum qilinishicha, Germaniya bir paytlar uning bir qismi bo‘lgan, ammo hozir Polshaga tegishli yerlarni qaytarib olishni xohlaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq gap ikki Germaniyaning birlashishi haqida bo‘lgan bo‘lsa, hozir Berlinda ular Polsha chegaralari ichida bo‘lgan sobiq yerlarini u yoki bu shaklda qaytarishni nazarda tutmoqda.
Milliy banki rahbarining qayd etishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi ushbu rejani amalga oshirishga yo‘l ochgan.
Glapinskiy, shuningdek, Berlin Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi davlatlarni “bo‘ysundirishga” intilayotgani haqida ham iddao qilgan.
Izoh (0)