Issiq ob-havo, gaz narxining ko‘tarilishi va Rossiyadan energiya yetkazib berishning qisqarishi tufayli Yevropa davlatlarining energetik xavfsizligiga tahdid ortib borayotgan bir sharoitda dizel yoqilg‘isini yetkazib berish tobora ko‘proq Osiyodan Yevropaga yo‘naltirilmoqda. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Avgust oyida Osiyodan Yevropaga umumiy hajmi qariyb 3 million barrel bo‘lgan dizel yoqilg‘isi tashuvchi beshta tanker kelishi kerak, bu besh oy ichida maksimal ko‘rsatkichdir. Buni Vortexa tarmoq analitik kompaniyasining dastlabki ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Dizel yoqilg‘isi oqimi Yevropaga yo‘naltirilmoqda, chunki mintaqada narxlar Osiyodagidan yuqori, deydi savdogarlar. Shu bilan birga, Osiyo mamlakatlarida Xitoy iqtisodiyotining zaiflashuvi va Hindistondagi mavsumiy sukunat fonida taklif talabdan oshib ketadi. Yevropa esa misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikka duch keldi, buning natijasida Reyn daryosidagi suv sathi keskin pasayib ketdi. Bu esa u yoqilg‘i va boshqa yuklarni tashishda muammolarni keltirib chiqardi.
Shu munosabat bilan yonilg‘i yetkazib berishning cheklanishi Yevropaning bir qator mintaqalarini zaxira energiya resurslaridan foydalanishga majbur qilishi mumkin. Ular qish mavsumiga qadar to‘ldirilishi kerak, deydi ekspertlar.
Ma’lum qilinishicha, avgust oyida Osiyodan jo‘nab ketayotgan dizel tankerlari oy oxirigacha Yevropaga yetib boradi.
Izoh (0)