Navoiy viloyatida Qiziltepa tumanidagi istirohat bog‘ida 11-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 11-avgust kuni soat 15:15 da Qiziltepa tumani “Alisher Navoiy” MFY O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan “Madaniyat" istirohat bog‘i kirish qismida sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:19 da o‘rab olingan va soat 15:21 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)