Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Orif Alviy va bosh vaziri Shahboz Sharifga ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tabriklarda O‘zbekiston Pokiston bilan strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini qadrlashi va bu boradagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi qayd etilgan.
Davlat rahbari Pokiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tilagan.
Izoh (0)