• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “IT sohasini tanlab, juda ko‘p daromad topish mumkin”. Google’dagi o‘zbekistonlik Saidakbar Pardayev bilan AQSHdagi hayot, muammolar va istiqbollar haqida suhbat

    “Daryo” qanotsiz parvoz loyihasi doirasida navbatdagi maqolani taqdim etadi.

    Google kompaniyasining reklama bo‘limi tahlilchisi Saidakbar Pardayev yoshligida bankda ishlashni orzu qilgan.

    Mutaxassis maqsadlarining bu darajada o‘zgarib ketishiga sabab, sohaga ilk qiziqishi hamda Google kompaniyasiga kirishi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Samarqanddan AQSH tomon yo‘l

    1993-yil Samarqandning Juma shaharchasida tug‘ilganman. 7-sinfgacha Samarqanddagi maktabda o‘qiganman. Keyin Toshkentga ko‘chib kelib, o‘qishni poytaxtda davom ettirdim.

    Maktabni tamomlagach, Sirojiddinov nomidagi akademik litseyda o‘qidim. O‘qish vaqti ko‘pchilik OTMga kirish uchun tayyorlanib yurardi. Ularni ko‘rib, men ham matematika va ingliz tillarini o‘qib, to‘plamlardan misol yechib yurardim.

    Litseyning 3-bosqichiga o‘tgan yilim IELTS topshirib, 6 ball bilan Toshkentdagi Vestminster universitetiga o‘qishga kirdim.

    IT’ga ilk qiziqish va “yorqin kelajak” deb tanlangan yo‘l

    Yoshligimda barcha bolalar kabi kompyuter o‘yinlarining o‘zigagina emas, uning qanday ishlashiga qiziqardim.

    Toshkentga kelganimizdan keyin qiziqishim yanada ortib, o‘zim dasturlash tilini o‘rganishga harakat qildim.

    Kompyuter haqida inglizcha maqolalarni onlayn topib, o‘qirdim. Biroq, o‘sha vaqtlarda ko‘pchilikning “Bankda ishlash yaxshi kelajakni ta’minlaydi” degan gapiga “uchib”, bakalavrni Vestminster universitetida Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘qishga qaror qilganman.

    Shunga qaramay, dasturlashga bo‘lgan qiziqishim so‘nmagan.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Xorijga ilk safarim

    Toshkentdagi universitetda o‘qib yurgan paytlarim yozgi ish va sayohat (Work and Travel) dasturi bo‘yicha AQSHga borib keldim.

    Bu dasturdan har yili foydalanib, turli yillarda AQSHning har xil shtatlarida 4 oy ishlab, o‘sha joyning hayoti va odamlarining yashash tarzi bilan yaqindan tanishardim.

    O‘qishda imtihonlar bo‘lmagan payt o‘zim onlayn proyektlar olib, frilanser sifatida bajarib yurardim.

     

    Ishning asosiy qismi — ma’lumotlar bazasini yaratib, yo‘lga qo‘yib berishdan iborat bo‘lardi.

    To‘rtinchi bosqichning yozgi ta’tilida San-Fransiskoga keldim. Bu va uning atrofidagi shaharlardagi IT kompaniyalar va startaplarni ko‘rib, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarim yanada kuchaygan.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Kremniy vodiysida magistratura o‘qish qarori va natijalar

    Aynan Kremniy vodiysida magistratura qilish hamda yirik IT kompaniyalarida ishlab, tajriba orttirish qaroriga ana o‘shanda kelganman.

    Bundan tashqari, AQSH o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farq qilgani sababli ham magistraturada o‘qish bo‘yicha o‘sha yerdan variant ko‘rganman.

    Shundan keyin magistraturani San-Fransiskoga yaqin joyga topshirib, Biznes analitikasi bo‘yicha Kaliforniya shtati universiteti — East Bay’da o‘qidim.

    O‘zi magistraturaga kompyuter dasturlash yo‘nalishiga kirishni reja qilardim. Ko‘p surishtiruvlardan keyin bilsam, bakalavrda iqtisod bo‘yicha o‘qiganim uchun o‘ylagan fakultetimga topshirolmas ekanman.

    Keyin yaxshilab o‘rganib chiqib, o‘zim qiziqqan — statistika va dasturlashga aynan mos keladigan yo‘nalish borligini bildim. Bu Biznes analitikasi fakulteti edi, keyinchalik Data Science deb nomlandi.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Amerikada o‘qilgan fanlarga kreditlar beriladi. Masalan, core subject, ya’ni asosiy fan bo‘ladigan bo‘lsa, 3 ta kredit beriladi.

    Mening yo‘nalishimda 32 ta kredit yig‘ish kerak edi. Bu degani 11 ta fan o‘qib tugatilsa, magistratura diplomi beriladi.

    Qiziq tomoni, shu 11 ta fanni 12 oy davomida olib o‘qib, 1 yilda diplomni qo‘lga kiritsa bo‘ladi.

    Men aynan shu tomonini ham o‘ylab, shu o‘qishni tanlaganman. Biroq, bu yo‘nalish men uchun yangiligi, o‘rganishim kerak bo‘lgan ma’lumotlar ko‘pligi hamda kontrakt to‘lovida qiynalmaslikni hisobga olib, ikki yillik ta’limni tanladim.

    O‘qishga kirish jarayoni quyidagicha bo‘lgan:

    Kaliforniya shtat universiteti, East Bay’ga hujjat topshirdim. Keyin GRE (AQSH va boshqa bir qator mamlakatlarda magistratura hamda aspiranturaga kirish uchun topshiriladigan test) bilan birga IELTS sertifikatimni topshirdim.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Vestminsterdagi ustozlarimdan tavsiyanoma xatlarini olib, ularni ham o‘qishga yubordim. Shundan uch oy o‘tib, o‘qishga qabul qilinganim haqida pochtamga xat kelgan.

    Magistraturada ma’lumotlarni qayta ishlashdan tashqari, kelajakda qanday trendlar bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti va ko‘pchilik kompaniyalarning kelajakda qanday ko‘rsatkichlarga yetishini oldindan aytib berishni o‘rgatilardi. Buni o‘qish jarayonidagina tushundim.

    Bakalavr davrida frilanser sifatida ishlashga vaqt topardim. Magistraturada unday bo‘lmadi. Yo‘nalish yangi va ko‘proq vaqt, diqqat talab etardi. O‘qishdan tashqari Udemy hamda Coursera (onlayn kurslar platformasi) orqali qo‘shimcha kurslarda o‘qirdim.

    O‘sha kurslarda o‘qiganlarim keyinchalik ishga kirishimda yordam bergan.

    Magistraturani tamomlab, San-Fransiskodagi Uber kompaniyasida deyarli 3 yil ma’lumotlar tahlilchisi bo‘lib ishladim.

    Keyin Google kompaniyasiga o‘tdim va hozir reklama bo‘limida Strategiyalar bo‘yicha katta tahlilchi bo‘lib ishlayman.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    5 oy qidirilgan ish va 500 dan ortiq kompaniyalarga yuborilgan javobsiz rezyumelar

    Xalqaro talabalar uchun AQSHdan ish topish oson emas, chunki bu yerda ishga qabul qilishda 4-5 qismli intervyulardan o‘tish kerak bo‘ladi.

    Avvaliga ishga kirish intervyularida qanday javoblar berishni bilmasdim. Boshida 3 oy ish qidirib yurganman. Keyin Robert Half’da kichik, 1-2 oyli proyektlarda ishlab yurdim.

    O‘sha vaqtda 500 dan ortiq kompaniyalarga rezyume topshirganman. Ishga oluvchi rekryuterlarning hech biri menga javob yozmasdi. Juda kamchiligi intervyuga chaqirardi.

    Ish qidirib, 5 oy qiynalganman. Shundan keyin Uber kompaniyasidan intervyudan o‘tishga muvaffaq bo‘ldim.

    Bu kompaniyada IT kompaniyalar qanday ishlashini, qanday texnologiyalardan foydalanishini, qolaversa, turli odamlar bilan birga ishlashni o‘rgandim.

    Biroq u kompaniyada shaxsiy o‘sish bo‘lmadi. U yerda deyarli 3 yil ishladim, lekin pozitsiyam boshlang‘ich darajadan oshmay qoldi.

    Bunga mening o‘sishimga yordam berishi mumkin bo‘lgan bir qancha menejerlar ketib qolgani ham sabab bo‘lgan deb o‘ylayman.

    Shundan keyin kattaroq vazifani bajaruvchi ishga topshirishni boshladim. Yana 5 oy davomida intervyulardan o‘tib, 4 ta kompaniyadan ishga taklif xatini oldim.

    Ularning ichida Amazon ham bor edi. Facebook ham intervyuga chaqirgandi, lekin tanlovim Google kompaniyasida to‘xtadi va shu yerda qoldim.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — Google’dan ishga taklif va ishga kirish jarayoni

    Google dunyodagi eng katta IT kompaniyalardan biri va ko‘pchilik u yerga ishga kirishga harakat qiladi.

    Men ham intervyulardan o‘tayotgan vaqtimda Google dagi o‘zimga mos ishga rezyume topshirib ko‘rganman. Bir kun o‘tib, rekryuter menga aloqaga chiqdi, o‘zim haqimda savollar berib, ma’lumot oldi.

    Uning aytishicha, mening Uber’dagi tajribam ulardagi yangi ish o‘rniga aynan mos kelgan. Shundan keyin intervyuni keyingi qismlarini davom ettirishni taklif qildi.

    Bir oy davomida Google’dagi ishchilar bilan 5 ta intervyu bosqichidan o‘tdim. Ular mening Python, SQL dasturlashim haqida savollar berishdi.

    Savollar orasida mutaxassis ishni o‘rtasida tashlab ketmasligini bilish uchun xarakterni aniqlovchi savollar (behavioural questions) ham bor edi.

    Shulardan bir hafta o‘tib, pochtamga ishga kirganligim haqida xabar kelgan.

    Ma’lumotlar tahlilchisi qidiruvdan va YouTube’dan zararli reklamalar chiqmasligini ham ta’minlashi kerak

    Google ning Google Ads bo‘limida ma’lumotlar tahlilchisi (data analyst) sifatida ishlayman.

    Bu bo‘lim barcha reklamalarning sifati yaxshi bo‘lishiga, zararli reklamalarni qidiruvdan va YouTube’dan chiqmasligini ta’minlashga harakat qiladi.

    Men esa ana shu reklamalarni oldini olish uchun dasturlar ustida ishlayman.

    Ma’lumotlar tahlilchisi — bu ma’lumotlar bazasi (data bases) bilan ishlaydigan, undagi ma’lumotlarni to‘g‘rilash, tozalash, modellashtirish bilan shug‘ullanadigan va menejment qaror qabul qilishda yordam beradigan mutaxassis hisoblanadi.

    Uning qiladigan ishlari — ma’lumotlarni bir joydan ikkinchi joyga API orqali Python’da dastur yozib, ko‘chirish, raportlar tayyorlash va Machine Learning modellar bilan ishlab, kelajakda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishdan iborat.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Hammasini tashlab, ortga qaytishni ham o‘ylaganman

    Magistraturada o‘qib yurgan paytlarimda uyni va oilamni juda qattiq sog‘inganman. Hammasini kelgan joyida tashlab, ketib qolishni ham o‘ylaganman.

    Lekin shuncha qilgan mehnatimni o‘rtasiga kelganida tashlab qo‘ymaslik va qisqa muddatdan so‘ng o‘qishni tamomlab, katta kompaniyalarda ishlab, tajriba olishimni o‘ylash menga kuch berdi.

    Shundan keyin xorij hayotiga yanada moslashib ketdim. Lekin haligacha o‘zimizning to‘ylarni, milliy taomlarni va albatta, oila a’zolarimni ko‘p sog‘inaman.

    Bu yerda tanishlar, qarindoshlar yo‘q. Bizning milliy udumlarimiz ham. Shu qiyinchiliklarni hisobga olmasa, IT bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi ta’lim muassasalari va kompaniyalar shu yerdaligi menga ko‘p imkoniyatlar eshigini ochdi.

    Qiyinchiliklarsiz rivojlanish ham bo‘lmaydi. Men ham o‘z sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun hammasini yengib, shu yerda izlanib, ishlab yuribman.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    IT bilan uydan chiqmay, eng ko‘p daromad topish imkoni bor

    IT sohasida ko‘pchilik ishlab topa olmaydigan maoshni uyda turib ishlaganda ham topish mumkin. Bir joyda turib, dunyoning istalgan davlatidagi kompaniya bilan ishlasa bo‘ladi. Buning uchun noutbuk, internet, xohish va albatta, yetarli bilim bo‘lsa bas!

    Mamlakatda IT sohasini rivoji uchun eng katta qadam — yosh avlodning boshlang‘ich sinflardanoq sohaga oid darsliklar bilan tanishtirib borish bo‘ladi.

    Buning uchun, maktab o‘qituvchilarini xorijda, masalan Hindistonda malakasini oshirish yoki u yerdan mutaxassislar olib kelib, o‘rgatish mumkin.

    Albatta, darslar so‘ngida xolis imtihonlardan o‘tkazilishi, shundan keyingina natijaga qarab dars berish uchun qo‘yilishi muhim sanaladi.

    Shunda o‘quvchida bolalikdan IT sohasiga qiziqish paydo bo‘lib, uni o‘rganib katta bo‘ladi. Qolaversa, bu yo‘l bilan ular kelajakda vaqtdan yutishga ham erishadi.

    Yangi ishchi kuchlari yetishib chiqib, kerakli vakantlar mutaxassis bilan ta’minlanadi. Eng qizig‘i, bunda faqat bir sohaning o‘zi emas, mamlakat ham rivoj topadi.

    Shu bilan birga, xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini ham parallel ravishda va mukammal o‘rgatishga harakat qilish kerak.

    Sababi ingliz tilisiz hujjat ishlarini amalga oshirish, kodlashni o‘rganish, tushunish va tegishli ma’lumotlarni izlab topish murakkab bo‘ladi.

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Saidakbar Pardayevning shaxsiy arxividan

    Til o‘rganishni bugundanoq, yo‘q, hozirdanoq boshlash kerak

    Yuqoridagilar amalga oshgunicha, yoki unday qilinmagan taqdirda ham, yoshlarga shuni aytardimki, bugundanoq til o‘rganishni boshlash kerak. Ingliz tilida cheksiz foydali onlayn kurslar bor.

    Tilni bilmay turib IT bo‘yicha ishlash juda murakkab. Iloji bo‘lganida esa ustoz topib, birga shug‘ullangan ma’qul.

    O‘zingiz topgan ma’lumotlaringizni sinab ko‘rsangiz, ustoz aniq yo‘naltira oladi, qolaversa, aynan nimalarga e’tibor qaratish kerakligini yaxshi biladi. Sababi u siz yurayotgan yo‘llarni sizdan avval bosib o‘tgan.

    Bundan tashqari, Google kabi yirik kompaniyalarga kirmoqchi bo‘lgan yoshlarga shuni aytmoqchimanki, o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro firmalarda tajriba orttirish, katta loyihalarda ishlab, o‘rganish vaqti kelganda juda asqatadi.

    GitHub’ga qiziq bo‘lgan loyihalarni ham joylab borish kerak. Leetcode va Codewars ga o‘xshagan saytlarda kuniga hech bo‘lmaganda bittadan misollar yechishga harakat qilib, o‘rganish zarur.

    Asosiysi, o‘rganish, tajriba va harakatdan to‘xtamaslik. Shunda qachonlardir orzu bo‘lgan maqsadingizga tezroq erishasiz.

    10.08.2022, 20:43   Izoh (1)   24285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. xudoyberidyevatham@gmail.com / 12.08.2024, 08:30

      Bularni uqib menda IT ga qiziqish yanada ortdi dedam adashmagan bulaman. Men ham hudi sizdek Google kampaniyasiga kirishni niyat qilib bir yildan buyon tayorlanaman ishonamanki men ham sizdek Google kampaniyasiga ishga kiraman. Siz menga yaqin joyda joyda tuğilib usgan ekansiz imkon bulganda siz bilan gaplashib sizdan mativatsiyalar olishga harakat qilardim. Ishingizga rivoj va omad tilayman.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Energiya inqirozining yangi qurboni — Bangladeshda nima bo‘lyapti?

    10.08.2022, 20:32

    Ta’limdagi tafovut, erta turmush, oiladagi zo‘ravonlik va to‘lanmayotgan alimentlar: O‘zbekistonda gender tengligi bilan bog‘liq vaziyatga chetdan nazar

    10.08.2022, 19:26

    O‘zbekistonda talabalar boshqalarga qaraganda narxlar oshishini kamroq sezmoqda

    10.08.2022, 17:18

    Ilon Mask qariyb 7 milliard dollarlik Tesla aksiyalarini sotdi

    10.08.2022, 10:55

    Hashamatli saroylar, “Chelsi” va yaxtalar — Roman Abramovichning London imperiyasi sanksiyalar yomg‘iri ostida parchalanib ketdi

    09.08.2022, 20:58

    O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalar bloklandi

    09.08.2022, 14:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bel og‘rig‘ining bepul davosi: mutaxassislar oddiy usulni tavsiya qilmoqda

    Salomatlik | 23 iyun, 16:46

    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

    Reklama | 23 iyun, 16:30

    “Al-Hilol” Osimhen va Teo Ernandes transferini tezroq yakunlamoqchi

    Sport | 23 iyun, 16:39

    Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:32

    Toshkentda 11 yoshli qiz do‘kon tomida tok urishi oqibatida vafot etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:28

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:19

    Zelenskiy AQSHning Eronga hujumlarini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 iyun, 16:05

    Mashhurlik ularga kerak emas: taniqli insonlarning aka-singillari qanday ko‘rinishda?

    Shou-biznes | 23 iyun, 15:50

    Kolumbiyada 57 nafar harbiy o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 23 iyun, 15:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.