So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Pul

    Hashamatli saroylar, “Chelsi” va yaxtalar — Roman Abramovichning London imperiyasi sanksiyalar yomg‘iri ostida parchalanib ketdi

    09.08.2022, 20:58 31884

    Bloomberg agentligi rossiyalik milliarder Roman Abramovich va uning sanksiyaga uchragan aktivlari haqida so‘z yuritdi.

    Foto: Bloomberg

    Roman Abramovichning Londonning Kensington maydonidagi qaymoqrang saroyi mavjud. Yaqin qo‘shnilar orasida Britaniya Qirollik oilasi, po‘lat magnati Lakshmi Mittal va Warner Music Group egasi Len Blavatnik bor.

    Bu rossiyalik milliarderning so‘nggi o‘n yilliklarda qo‘lga kiritgan Londondagi bir qancha aktivlaridan biri bo‘lib, shaharni boyligining markaziga aylantirishga yordam berdi. 

    Ammo so‘nggi oylarda uning Angliya poytaxtidagi aktivlari — “Chelsi” futbol klubidan tortib hashamatli uylarigacha Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan sotildi yoki muzlatildi.

    Mart oyida Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyaga uchragan Abramovichga so‘nggi zarba o‘tgan oy mojarodan oldin uning oilaviy ofisining bir qismi sifatida faoliyat yuritgan MHC (Services) kompaniyasini tugatish to‘g‘risidagi ariza bo‘ldi. 

    Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, uning Londondagi asosiy aktivlari urushdan oldin taxminan 4 milliard funt sterling (4,8 milliard dollar) edi — o‘sha paytdagi umumiy boyligining deyarli uchdan bir qismi.

    Londondagi ibtido

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga harakat qilgan va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qarshi kurashayotgan 55 yoshli Abramovich Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin London iqtisodiyotiga milliardlab sarmoya kiritgan eng nufuzli rossiyalik oligarxlardan biri bo‘lgan.

    U 2003-yilda “Chelsi” futbol klubini 140 million funt sterlingga sotib oldi va uni may oyida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tekshirilgan kelishuvga binoan sotishdan oldin 1 milliard funt sterlingdan ko‘proq moliyalashtirdi. 

    Bu mablag‘ning bir qismi Ukrainadagi yordam sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. 

    “Chelsi” uchun Todd Beyli boshchiligidagi klubning yangi egalari 2,5 milliard funt sterling to‘lashga rozi bo‘ldi va qo‘shimcha investitsiyalar uchun yana 1,75 milliard funt sterling va’da qildi.

    “Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kirishidan biroz oldin Abramovich Londondagi ikkita mulkni bo‘shatishga harakat qildi”, dedi britaniyalik deputat Kris Brayant parlamentda. 

    Ulardan biri uning Kensingtondagi saroyi bo‘lgan. Bu haqda ma’lumotga ega bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchisi Chelsi Waterfrontdagi penthaus edi. 

    Abramovichning Kensingtondagi hashamatli uyi

    Abramovichning Kensingtondagi hashamatli uyi
    Foto: Bloomberg

    Abramovich Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida bo‘lgan paytda mulkni sotolmasdi. Uning mamlakatdagi naqd pullari hisob varaqlarda muzlatib qo‘yilgan.

    Oligarx, shuningdek, urushdan oldin ro‘yxatga olingan eng katta aktivi bo‘lgan Evraz po‘lat zavodidagi ulushini ham sotish imkoniga ega emas. 

    May oyida Buyuk Britaniya tomonidan sanksiya qilingan kompaniya aksiyalari bu yil 87 foizga tushib ketdi, u hukumat ro‘yxatiga kiritilganidan ko‘p o‘tmay muzlatildi.

    Londondagi Sibylline konsalting kompaniyasining Yevrosiyo razvedkasi bo‘yicha tahlilchisi Liana Semchuk shunday deydi: 

    Hatto sanksiyalar bekor qilingan taqdirda ham Abramovichning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga qaytish yo‘lini topish juda qiyin bo‘ladi.
    Abramovich Londondagi sarmoyalarini 2000-yillarning boshlarida sobiq Sovet Ittifoqidan sotib olingan xususiylashtirilgan aktivlarni, jumladan, neft giganti “Sibneft”ni sotishdan boylik orttirganidan so‘ng o‘zlashtira boshlagan.

    U 2001-yil oxirida o‘zining Millhouse nomli oilaviy ofisining London bo‘limini ochdi va farzandlarini Angliyadagi maktabga yubordi. 

    Rossiyalik milliarder, shuningdek, London penthaus, Sasseks mulki va Belgravia uylarini sotib oldi. 

    Uning Buyuk Britaniyaga tashrifi “Chelsi”ni sotib olgandan so‘ng tez-tez sodir bo‘la boshladi. O‘sha yili u alyuminiy aktivlarining asosiy qismini boshqa oligarx Oleg Deripaskaga sotdi.

    Abramovich ingliz futbolida sovrin qo‘lga kiritgan birinchi xorijlik klub egasi edi. U futbolda inqilob qildi, — dedi Liverpul universitetining futbol moliyasi o‘qituvchisi Kiran Maguayr. 
    Buyuk Britaniyadan tashqarida Abramovichning aktivlari orasida Fransiya va Rossiyadagi uylar, shuningdek, AQSHda sanksiyalar buzilganligi sababli qonuniy kurash olib borilayotgan superyaxtalar va shaxsiy samolyotlar mavjud. 

    Bundan tashqari, u 100 dan ortiq fond va xususiy kapital firmalariga sarmoya kiritgan.

    Xavfsizlik harakatlari

    Abramovich Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdan so‘ng Yevropadagi ehtimoliy aktivlarini musodara qilishning oldini olish uchun ikkita yaxtasini Turkiyaga ko‘chirdi. 

    Abramovichga tegishli bo‘lgan Solaris superyaxtasi

    Abramovichga tegishli bo‘lgan Solaris superyaxtasi
    Foto: Bloomberg

    U bu yil Dubayning eksklyuziv Palm-Jumeyrasidan uy sotib oldi. Abramovichning shaxsiy samolyotlari esa mart oyidan beri Dubay yoki Moskvada qolmoqda.

    Urush boshida Abramovich Putin bilan uchrashgan va tinchlik muzokaralarini davom ettirish uchun prezidentdan ruxsat olgan. 

    Mart oyi boshida Kiyevda bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng, Abramovich avvaliga kelishuv istiqbollariga optimistik qaragani aytilgan.

    Muzokaralar keyinchalik to‘xtab qoldi. O‘tgan oy esa ikki mamlakat global oziq-ovqat ta’minotini mustahkamlashga yordam berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

    Abramovich so‘nggi o‘n yil ichida Londonda ro‘yxatdan o‘tgan kichikroq korxonalarga, jumladan, toza yoqilg‘i texnologiyalari bo‘yicha Velocys Plc va AFC Energy Plc kompaniyalariga sarmoya kiritdi.

    Jahon fuqarosi

    U 2018-yilda Britaniya vizasini yangilashda kechikishlarga duch kelganidan so‘ng, bu garovlarning bir qismini bekor qila boshladi. 

    Abramovich o‘sha yili Isroil fuqaroligini oldi va yangi “Chelsi” stadioni uchun rejalarini to‘xtatdi. 

    2021-yilda u Pireney yarim orolidan chiqarib yuborilgan Sefard yahudiylarining avlodlariga fuqarolikni taklif qiluvchi qonunga binoan Portugaliya fuqaroligini oldi. Portugaliya qaror yuzasidan surishtiruv ochgan edi.

    Foto: Bloomberg

    Abramovichning “Chelsi” o‘yinlarida paydo bo‘lishi kamroq sodir bo‘la boshladi.

    U o‘zining Kensington Square Gardens’dagi uyini 2009-yilda Kembrij gersogi va gersoginyasining rasmiy qarorgohi yaqinida 90 million funt sterlingga sotib olgan. 

    O‘shandan beri milliarder bir vaqtlar Sovet elchixonasi bo‘lgan binoda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlarini olib bordi.

    Bloomberg agentligining aniqlashicha, hozirda ushbu hashamatli uyda hayot avvalgidek qaynamayapti. Yaqin atrofdagi hovlilardan farqli Abramovichning uyidagi barcha pardalar to‘liq yopilgan. 

    Sanksiyalar Abramovich kabi oligarxlar orasida norozilik uyg‘otish va ularni Putinga bosim o‘tkazishga majburlashi kerak edi, — deydi tahlilchi Liana Semchuk.
    Uning aytishicha, London eshiklari Roman Abramovichga yopiqligi sababli u Putinga yanada qaram bo‘lib qoldi. Sanksiyalar esa uni Rossiyaga qaytarmoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Xitoyning uchta yetakchi neft va gaz kompaniyasini “urush homiylari” ro‘yxatiga kiritdi

    Bugun, 20:02

    O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

    Bugun, 19:30
    Reklama

    Urush paytida Ukrainani tark etgan erkaklarni qanday jazo kutmoqda?

    Bugun, 19:49

    Pentagonda Ukrainaga yordam berish uchun 5,2 milliard dollar qoldi — The Wall Street Journal

    Bugun, 19:27

    O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

    Bugun, 19:08

    Yurak sanchib og‘riganda: Inson hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan maslahatlar

    Bugun, 18:52

    AKFA BUILD: Aquaterm ko‘rgazmasida suv taʼminoti, isitish va sovutish tizimlari uchun yangi texnologiyalar

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. Bahodir Jalolov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

    Bugun, 18:45

    Gruziyaning Qora dengiz sohilidagi kurortida ko‘prik qulab tushdi

    Bugun, 18:42

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    Bugun, 18:33

    Putin Ukrainaga qarshi urushda yangi strategiyaga ega — NYT

    Bugun, 18:27

    Mashhurlar qanday qilib shartnoma imzolamasdan, taniqli brendlarning millionlab dollar foyda olishiga sababchi bo‘ladi?

    Bugun, 18:15

    Tavsiya etamiz

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — yiliga 30 ming dollardan ortiq

    16:00 / 02.10.2023

    Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi (foto)

    17:00 / 02.10.2023

    Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiyni masxara qilgan Ilon Maskka javob qaytardi

    17:00 / 02.10.2023

    “Bo‘lishi mumkin emas!”. Neymar Eron klubi stadioni haqidagi videoga izoh qoldirdi 

    13:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.