• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Men ko‘ziga nur tilagan Nurzidaman”. Bolaligida Toshkentda ko‘chada tong ottirgan va bugun Andrea Bochelli bilan duet kuylashni orzu qilayotgan Nurzidaning iqrorlari (video)

    Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” qo‘shig‘i talqini bilan mashhurlikka erishgan namanganlik 14 yashar Nurzida Isayeva endi mualliflik qo‘shiqlariga ham qo‘l urmoqda. Uning taronalarini bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Hindiston va Turkiyada ham sevib tinglashyapti, ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rishlar soni esa milliondan oshmoqda. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Nurzida va uning yaqinlari bilan eksklyuziv intervyu tayyorladi.

    “Nurzida bilan ko‘chada tong ottirgan kunlarimiz bo‘lgan”

    Saltanat Mo‘minova, Nurzidaning onasi

    “Turmush o‘rtog‘im Dilmurod Isayev bilan 1995-yili oila qurganmiz. U kishining ham ko‘zlari bolalikdan ojiz. Qirg‘izistonda tug‘ilib, keyin O‘zbekistonga ko‘chib kelishgan. Kosonsoydagi ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida o‘qib, so‘ng Nizomiy nomidagi institutni tamomlagan. Oliy ma’lumotli o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’limdan dars beradi. To‘rt yoshligidan musiqa asboblari chalib, qo‘shiqlar aytib, to‘y-tadbirlarga borib ulg‘aygan ekanlar. Nurzidaga ham bu iste’dod dadasidan o‘tgani aniq. Hozir xo‘jayinim ‘sen meni ortda qoldirib ketding, qizim’ deb hazillashib qo‘yadi.

    Oilamizda Nurzidadan tashqari undan 9 yosh katta qizim Umida ham bor. NamDU biologiya fakultetini tamomladi, turmushga berdik. Opasi ketganidan so‘ng Nurzida barcha uy ishlarini zimmasiga oldi. Supur-sidir, qo‘ylarga qarash, taom yoki pishiriq tayyorlashda yordam beradi, hammasiga ulgurishga harakat qilyapti. Shuning uchun uning kelajagidan ko‘nglim to‘q, opasi kabi bir oilani uddalab ketishiga ishonaman.

    Saltanat Mo‘minova, Nurzidaning onasi.

    Saltanat Mo‘minova, Nurzidaning onasi.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nurzida ikki oyligida ko‘zi ko‘rmasligini payqab qolganmiz. Bu biz uchun kutilmagan zarba bo‘ldi, chunki dadamizda bu dard bo‘lgani bilan katta qizim sog‘lom tug‘ilgandi. Mahalliy shifokorlarga ko‘rsatdik, yelib-yugurdik, foydasi bo‘lmadi. Turmush o‘rtog‘im ishlaydigan maxsus maktabga amerikalik professor Nil Rojers o‘quvchilarni tekshirib, bepul operatsiya qilgani har yili kelib turardi. Ko‘rsatsak, jarrohlik yo‘li bilan ko‘zini ochishni iloji yo‘q dedi. Lekin erim ortga chekinmadi, ‘men bu dunyoni ko‘rmadim, Nurzidaga harakat qilamiz’ deb turib oldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Toshkentga, SamPIga olib bordik. Ramilya Musayeva degan shifokorni tavsiya etishgandi. U kishi Nurzidani ko‘rib, ‘Yuztadan bitta holatda ko‘zini o‘nglanishiga umid bor, faqat men aytgan paytda munatazam olib kelasizlar, aytgan dori va ukollarimni topasizlar’ deb aytdi. Shunday qildik. U paytlar, bundan 14 yil avval bunday dori-darmonlarni bizda topish mushkul edi, Rossiyadan katta pulga buyurtma qilardik. Xullas, qimmat ukol va dorilar bilan muolajalarni boshladik, Toshkentga birdek qatnab turdik.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xudoning inoyati va shifokorimizning yengil qo‘li tufayli asta-sekin natija ham bo‘ldi. Qamchiq dovonini oshib, Toshkentga ketayotganimizda tunnelga kirgan payt Nurzida u yerdagi yorug‘likdan cho‘chib ketganini sezib qoldim. Namanganda, aeroport yaqinidagi kasalxonada yotganimizda esa qo‘nayotgan samolyotlarning chirog‘i o‘chib-yonganini payqaydigan bo‘ldi. Hozir kunduz payti, quyosh nurida ko‘rishga qiynaladi, lekin qorong‘u tushgach, salqin bo‘lgach, ko‘rish qobiliyati kuchayadi, hatto yulduzlarning katta-kichikligini ham farqlay oladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nurzidani katta qilguncha ko‘p mashaqqat va qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Toshkentga dastlab borganimizda, chekka qishloqdan kelganim uchunmi yoki tortinchoqligim sababmi, hujjatlarni vaqtida topshiraolmay, kasalxonaga joylasha olmaganmiz. Shunda Nurzida bilan ko‘chada, sovuqda, bir gala itlar qurshovida tong ottirganimiz hech esimdan chiqmaydi.

    Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Tushunmovchiliklar, kamsitishlar, bolalarcha beshafqatliklar ko‘p bo‘lardi. Bir kuni Nurzida ko‘chadan kelib, shaxsiyati haqida xunuk gapni aytdi-da, ma’nosini so‘radi. ‘Bu sening ko‘zing eng chiroyli’ degani dedim. Bolam sinib qolmasin deb shu haqoratni aytganlar bilan urishgim kelmadi. Ichim to‘lib tursa ham bolamni bag‘rimga bosib yig‘lolmadim. Nimanidir ko‘rmayapman desa, ‘mana, men ham, dadang ham, opang ham ko‘rmayapmiz’ derdim. Kasalxonada necha marta yotgan bo‘lsa, men ham yotdim, ukol olsa, men ham oldim. To holatini tushunib yetib, maxsus maktabda o‘ziga o‘xshash bolalar bilan birga bo‘lmagunicha shunday davom etdi.

    Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Xudoga ming shukr, bu kunlar ham ortda qoldi. Qizimni bir payt kamsitganlar hozir u bilan suratga tushishga oshiqadi. Ko‘pchilikning mehrini qozondi, duolarini olyapti. Qizimni gohida sinchalakka o‘xshataman: shu kichkina jussasi bilan ko‘p qiyinchiliklarni yengdi, sinovlardan o‘tdi”.

    “Nurzidani Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya, Hindiston, hatto Buyuk Britaniyada ham tinglashyapti”

    Oqilxon Tillaxonov, Nurzida Isayevaning prodyuseri

    “Bundan 9 oycha avval bizning ‘kosonsoyliklar’ kanalida ‘Men san’atni tanlayman’ degan chellenj e’lon qilingan, unda havaskor qo‘shiqchilar o‘zlarining chiqishlari yoki biror mashhur xonandaning qo‘shiqlarini aytishlari mumkin edi. Nurzida va uning sherigi Madina Yulduz Usmonovaning ‘Muhabbat’ qo‘shig‘ini aytib, shu loyihada ishtirok etgan. Qizlarimizning bu talqini barchaga yoqdi, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi.

    Oqilxon Tillaxonov, Nurzida Isayevaning prodyuseri.

    Oqilxon Tillaxonov, Nurzida Isayevaning prodyuseri.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shundan so‘ng menda ularni qo‘shiq muallifi Yulduz Usmonova bilan uchrashtirish g‘oyasi tug‘ildi. Bu fikrni hamyurtimiz, Madaniyat vazirligining mas’ul mutasaddilaridan Odil aka Abduqahharovga aytdim, u kishiga ham ma’qul keldi. Ularga mos biron bir tadbirga taklif qiladigan bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay Forumlar saroyida bo‘lib o‘tadigan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bayram tadbiriga chaqirishdi. O‘sha yerda qizlarimiz qo‘shiq aytishdi, Yulduz Usmonova bilan ko‘rishishdi. Shundan so‘ng ularning yulduzli onlari boshlandi. Nurzida va uning onasi bilan shu tadbir bahona uch kun Toshkentda yurib, aka-singildek bo‘lib ketdik. Hozir bo‘lsa ularning tashkiliy ishlariga bosh-qosh bo‘lib turibman.

    Yulduz Usmonova bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Nurzidaga bugungi kunda talab nihoyatda katta. Tadbirlarga boryapmiz, to‘ylarga chiqyapmiz. Xalqimiz yaxshi kunlarida ishtirok etishimizni so‘rab kelishsa rad etish noqulay bo‘lar ekan. Asta-sekin mualliflik qo‘shiqlariga o‘tyapmiz, ularni ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtirib boryapmiz. Xursand bo‘lganimiz, joylangan qo‘shiqlarni ko‘rishlar soni milliondan oshyapti. Instagram sahifamizda 136 ming, YouTube kanalimizda esa 42 mingdan oshiq muxlis yig‘ilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nurzidani Tojikiston, Qirg‘iston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, Hindiston, hatto Buyuk Britaniyada ham tinglashyapti. Oldimizga endi bir oyda hech yo‘q bitta mualliflik qo‘shig‘ini tayyorlash, shoir va bastakorlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib qo‘ydik. Dastlabki loyihamiz — xonanda Dilmurod Daliyev bilan hamkorlikdagi ‘Aka-singil’ duetini muxlislar yaxshi kutib olishdi”.

    “Aka-singil”

    Mirzoozod Mirzane’matov, shoir

    “Namanganda yangi media studiyasini ochganimiz Nurzida porlab chiqqan paytlarga to‘g‘ri keldi. Hamkorim — xonanda va bastakor Dilmurod Daliyev bilan singlimizni studiyaga taklif qilish va mualliflik qo‘shig‘i tayyorlab berishni maslahat qildik. Bu taklif Nurzida va uning yaqinlariga ham ma’qul keldi. Shu tariqa ‘Aka-singil’ dueti dunyoga keldi. Buning birinchi qiyin tomoni ilk bor duet yozishim bo‘lsa, ikkinchi tarafdan ham aka, ham singil kechinmalarini satrlarga tushirishim kerak edi.

    Mirzoozod Mirzane’matov, shoir

    Mirzoozod Mirzane’matov, shoir
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Amalladik deb o‘ylayman. Singlimizning tilidan aytilgan:

    Men ko‘ziga nur tilagan Nurzidaman,

    Siz dilimga murod bergan Dilmurodsiz.

    Tilimga so‘z, ko‘zlarimga ko‘zsiz aka,

    Ishonganim, suyanganim sizsiz aka.

    degan satrlar ko‘pchilikni yig‘latibdi.

    Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Nurzida bilan hamkorlikni yana davom ettirish niyatimiz bor. Faqat buning uchun dunyoga uning qalb ko‘zi bilan boqishimga to‘g‘ri keladi”.

    Dilmurod Daliyev, xonanda, bastakor

    “Nurzidaning ovoz tembri chiroyli va uni professionallarcha ishlata oladi. Bunga erishish uchun kimlargadir yillar kerak bo‘ladi, Nurzidaga esa xudo yuqtirgan.

    Dilmurod Daliyev, xonanda, bastakor

    Dilmurod Daliyev, xonanda, bastakor
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Duetimiz biz kutgandan yaxshi natija berdi, muxlislar mamnunlik bilan kutib oldi. Hozir Nurzidaning yangi qirralarini ochish, bilimlarini oshirish, nolalarini chiqarishga harakat qilyapmiz.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qizimizning imkoniyatlari juda yuqori, ovozi dunyo standartlariga javob beradi. Agar yaxshi yo‘nalish berilsa va o‘zi ham harakatdan to‘xtamasa, dunyoni zabt etishiga ishonaman”.

    “Andrea Bochelli bilan duet kuylashni orzu qilaman”

    Nurzida Isayeva, xonanda

    “San’atga, musiqaga qiziqishim bolaligimdan, chunki shunday muhitda ulg‘ayganman. Dadam Komiljon Otaniyozov, Bobomurod Xamdamov, Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini kuylardi, san’atkorlar bilan bordi-keldimiz bor edi.

    Nurzida Isayeva, xonanda 

    Nurzida Isayeva, xonanda 
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Uch yoshimda Alisher Fayz bilan qo‘shiq kuylaganim, to‘rt yoshimda esa Og‘abek Sobirovning konsertida she’r aytganimni eslayman. Oilamizda yaxshi an’ana bor: har yili 29-may, tug‘ilgan kunimni ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida nishonlaymiz. Konsertga tushamiz, san’atkorlar bilan muloqotda bo‘lamiz.

    Alisher Fayz bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    ‘Men san’atni tanlayman’ loyihasi uchun Yulduz Usmonovaning ‘Muhabbat’ qo‘shig‘ini kuylash g‘oyasi oyimdan chiqdi. Madina ikkovimizga shuni tayyorlashni maslahat berdi. Uchinchi urinishda amalladik. Musiqa maktabimizdagi ustozimiz telefonda videoga oldi. So‘ng telefonlari buzilib qolib, ustaxonaga olib boradi. U yerdagi usta videoni ko‘rib, YouTube kanaliga qo‘yishga ruxsat so‘raydi. Ustoz ijozat beradi va shundan so‘ng bu video hammayoqqa tarqalib ketadi.

    Otabek Muhammadzohid bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Forumlar saroyidagi tadbirda Yulduz Usmonova bilan ko‘rishganimizda yig‘lab yubordim. U kishi bag‘irlariga bosib, yig‘lama, ko‘nglingni cho‘ktirma, ijoddan to‘xtaman. Hali hammasi yaxshi bo‘ladi, konsertlarimga ham taklif qilaman deb yupatdi, motivatsiya berdi. U kishining deryali barcha, hatto retro qo‘shiqlarini ham bilaman, yaxshi ko‘rib ijro etaman.

    Dildora Niyozova bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Yana Dildora Niyozova, Sevinch Mo‘minova, Otabek Muhammadzohid, Gulsanam Mamazoitova, Gulasal Abdullayeva, Xamdam Sobirov qo‘shiqlarini ham yoqtiraman.

    Sevinch Mo‘minova bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Ham shaxs, ham san’atkor sifatida eng hurmat qiladigan insonim Jaloliddin Ahmadaliyev. U kishining qo‘shiqlarida katta dard bor, hammasini o‘zlaridan o‘tkazib ijro etadi.

    Jaloliddin Ahmadaliyev bilan. Foto: Nurzida Isayeva arxividan

    Xorij xonandalaridan Ibrohim Totlisoz, Diana Gurskaya, Andrea Bochellini ko‘p kuzataman. Bochelli bilan ko‘rishish va duet kuylashni orzu qilaman.

    Andrea Bochelli.

    Andrea Bochelli.
    Foto: MyDay

    Yana bir niyatim — Toshkent davlat konservatoiyasida tahsilni davom ettirish. Birinchi sinfdan musiqa maktabiga borganman, ayrim tanaffuslar tufayli bu o‘qishim chala qolgandi. Shu kamchilikni bartaraf etmoqchiman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ismimning ma’nosini ko‘pchilik so‘raydi. Oyimning aytishlaricha, bu ismni opam tanlagan ekan. ‘Nurli qadam’ degan ma’noni beradi deyishadi. Kelgusi hayotim ham shunday qadamlarga to‘la bo‘ladi degan umiddaman”.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

     

    07.08.2022, 18:01   Izoh (0)   85791
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)

    07.08.2022, 16:31

    Adel Silvestr Stallonening uyini sotib olish uchun 30 yillik ipoteka krediti oldi. Endi xonanda har oy 200 ming dollardan ko‘proq pul to‘laydi

    07.08.2022, 10:03

    Namangan viloyat teatrida yangi mavsum “Ibrat” tarixiy dramasi premyerasi bilan boshlandi

    06.08.2022, 17:16

    Dildora Niyozova san’atkorlar bilan yaqin munosabatda emasligi va gap ko‘payishidan hayiqishi haqida (video)

    06.08.2022, 11:52

    Instagram: Italiyaga ketgan Shahzoda, Kanizadan “bomba” yangilik, Jasur Umirovdan yangi klip

    05.08.2022, 22:22

    “Ayoz bobo” ertak-filmidagi Nastenka — aktrisa Natalya Sedixning taqdiri qanday kechgan?

    05.08.2022, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Sistit — bu uyat emas!

    Reklama | 29 may, 21:00

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.