O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan Shahavdinov Oybek Gayratovich O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Oybek Shahavdinov 1977-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Ingliz, turk va fransuz tillarini biladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2004-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik Markaziy apparati va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirgan.
Bugunga qadar Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Oilali. Uch farzandning otasi.
Izoh (0)