• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘zining ideal ampluasini topgan va uni o‘zgartirishni istamaydigan aktyor hamda aktrisalar (foto)

    Har bir filmida jozibali go‘zallarni yoki jirkanch kampirlarni o‘ynab, bir-biriga o‘xshamaydigan obrazlarni tanlashga harakat qiladigan aktyor va aktrisalar bor. AdMe nashri mashhur aktyor va aktrisalarning filmografiyasini o‘rganishga va ular qaysi personajlarni yaxshiroq ijro etganini tahlil qildi.

    Natali Dormer — makkora fitnachi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Natali Dormer tabiatan ayyor ko‘rinishga ega, bu unga murakkab rollarni mukammal tarzda o‘ynashga imkon beradi. Ekranda u ko‘pincha juda yoqimtoy va himoyasiz qiz sifatida namoyon bo‘ladi, ammo film so‘ngida hammani nog‘orasiga o‘ynatadigan fitnakor ayolga aylanadi. Taxt uchun qo‘lidan kelganini qiladigan Qirol Genrix VIII ning xotinlaridan biri, oxir-oqibat asosiy yovuz va manipulyatorga aylangan aqlli rassom — bularning barchasi iste'dodli Natalining rollari.

    Seriallari: “Tyudorlar” (2007-2010), “Taxtlar o‘yini” (2011-2019), “Oddiylik” (2012-2019).

    Sirsha Ronan — o‘ziga xos xarakterga ega qiz

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Sirsha Ronan — juda istiqbolli aktrisa, u allaqachon juda ko‘p ajoyib rollarni o‘ynagan, agar diqqat bilan qarasangiz, u boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos xarakterga ega, ajoyib rollarni o‘ynaydi. Yosh feminist, boshqa mamlakatni zabt etish uchun yo‘lga chiqqan jasur qiz, pushti sochli xayolparast, munosabat o‘rnatishdan qo‘rqadigan ayol — Sirsha bu rollarni mahorat bilan ijro etgan.

    Filmlari: “Kichik ayollar” (2019), “Bruklin” (2015), “Byord xonim” (2017), “Sohilda” (2017).

    Zoi Saldana — kosmik darbadar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Boshqa dunyolar haqidagi fantastik filmlar juda mashhur bo‘lgan bir paytda Zoi Saldana kinodagi roli haqida qaror qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. Agar sarguzasht va makon bilan bog‘liq rol bo‘lsa, filmda Zoini ko‘rish ehtimoli katta. U Pandora sayyorasining mag‘rur qizi, galaktikani dushmanlardan qutqaruvchi romantik jangchi qiz va hatto yulduzlar flotining leytenanti, yangi dunyolar sari kosmik kemada sayohatga yo‘l olgan darbadar rollarini a’lo darajada ijro etgan.

    Filmlari: “Avatar” (2009), “Galaktika qo‘riqchilari” (2014), “Yulduzli yo‘l” (2009).

    Kris Payn — cho‘rtkesar yigit

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Dahshatli jasorat va mardlik xislatlari Kris Payn o‘ynagan ko‘plab qahramonlarni ajratib turadi. U romantik filmlardan uzoqlashgandan so‘ng, uning filmlarida qat’iy yigit obrazi mustahkam o‘rin oldi. Kosmik kemaning mard kapitani, tasodifan ayollar oroliga tushib qolgan uchuvchi, Markaziy razvedka boshqarmasi maxsus agenti bilan birgalikda yovuzlikka qarshi kurashishga qaror qilgan jangchi — bularning barchasi Krisning ijod mahsuli.

    Filmlari: “Yulduzli yo‘l” (2009), “Mo‘jiza ayol” (2017), “Jek Rayan: Xaos nazariyasi” (2014).

    Kara Delevin — g‘ayritabiiy mavjudot

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kara Delevin model sifatida tanilganiga qaramay, aktyorlik sohasida ham yuksaklikka erishdi. Ishonchli, o‘tkir ko‘zlari va jozibador ko‘rinishi unga g‘ayritabiiy mavjudotlarni o‘ynash imkoniyatini berdi. Yovuzlikka qarshi kurashadigan neo-Viktoriya metropolidagi elf, kuchli va qo‘rqinchli sehrgar sifatida qayta tug‘ilgan oddiy qiz va hatto suv parisi — Kara o‘zining aktyorlik iste’dodi borligini isbotladi.

    “Rou karnavali” seriali (2019), filmlari: “Xudkushlar guruhi” (2016), “Pen: Netlandga sayohat” (2015).

    Orlando Blum – o‘zga davrning qahramoni va sayohatchisi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Orlando Blum filmografiyasida tarixiy muhit va sarguzasht filmlari alohida o‘rin tutadi. U bunday qahramonlarni juda yaxshi ko‘radi va undan to‘liq foydalanadi. Lixoleslik elf, taqdir taqozosi bilan qaroqchiga aylangan temirchi, Bukingemning xavfli gertsogi, qadimiy troyalik yigit, yosh salibchi ritsar — Orlando qahramonlari sarguzashtlarga ergashadi va ular tomoshabinni zeriktirmaydi.

    Filmlari: “Uzuklar hukmdori: Uzuklar birodarligi” (2001), “Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid la’nati” (2003), “Mushketyorlar” (2011), “Troya” (2004), “Samo qirolligi” (2005).

    Bleyk Layvli — hamma sevadigan mashhur sohibjamol

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “G‘iybatchi qiz” teleserialidagi rolidan so‘ng, Bleyk nihoyat kino olamida o‘z o‘rnini egalladi. Maftunkor tabassum va jozibali ko‘rinish unga hammaga yoqadigan va hayratga soladigan sohibjamollar rolini o‘ynashga imkon berdi. Mashhur maktab o‘quvchisi, romantik qiz, go‘zallik tanlovi ishtirokchisi, superqahramon ham, yovuz odam ham sevib qolgan aerodrom xodimi va hatto qarimaydigan ayol — bularning barchasi go‘zal Bleykning rollari ekanligiga ishonish oson.

    Filmlari: “Jinsi tumor” (2005), “Elvis va Anabell” (2007), “Yashil fonar” (2011), “Adalin asri” (2015), “G‘iybatchi qiz” seriali (2007-2012).

    Jessi Eyzenberg — o‘tkir tilli, ammo muvaffaqiyatga erishadigan taniqli yigit

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ko‘plab murakkab rollarni o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan Jessi Eyzenberg aktyor sifatida e’tirofga erishdi. Barcha do‘stlarini yo‘qotgan ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi, ajoyib superyo‘riqchi va biznesmen, nayranglar va illyuziyalarning qobiliyatli ustasi — rollar oson emas, lekin Jessi buni uddaladi.

    Filmlari: “Ijtimoiy tarmoq” (2010), “Adolat ligasi” (2017), “Aldash illyuziyasi” (2013).

    03.08.2022, 20:44   Izoh (0)   19500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nafaqat yorqin obrazlarga, balki egasi haqida “gapiruvchi” ismli qahramonlarga ega kino va multfilmlar (foto)

    03.08.2022, 10:45

    Uch barmoqli tirannozavr, elektr fonar, qaroqchilar tamg‘asi — film ijodkorlari tomonidan maqsadli tarzda ataylab qilingan xatoliklar (foto)

    01.08.2022, 16:48

    Voqealar rivoji bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur filmlar (foto)

    30.07.2022, 17:45

    Kinotavsiya: bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan yangi turk seriallari

    19.07.2022, 21:39

    Gollivud aktrisasi Kameron Dias shon-shuhrat cho‘qqisiga yetganida kinoni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

    14.07.2022, 13:50

    “Hozir uvullavoraman”. Mashhur sovet multfilmi — “Ko‘ppak va bo‘ri”ning yaratilishi tarixi (foto)

    07.07.2022, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada robot mushuklar yolg‘izlikka davo sifatida qo‘llanmoqda

    Gadjetlar | 3 iyun, 18:49

    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda

    Reklama | 3 iyun, 18:00

    Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovning oila aʼzolariga “Jasorat” medali topshirildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:35

    Murodjon Azimov Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga uy sovg‘a qilgandi. Tadbirkor uy pulini ololmay sarson

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:21

    Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari Yevropa rahbarlarini Netanyaxuga qarshi chiqishga undamoqda

    Dunyo | 3 iyun, 18:16

    “Real” “PSJ” futbolchisini sotib olishni rejalashtirdi

    Sport | 3 iyun, 18:11

    Vatanini ilk marta “Dunyo go‘zali” tanlovida jahonga tanitgan sohibjamollar

    Layfstayl | 3 iyun, 17:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.