O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga 15-49 yoshli ayollar o‘rtasida homiladorlikni to‘xtatish (abortlar soni) 35,4 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 7 mingtaga kamaygan.
2021-yilda hududlarda homiladorlikni to‘xtatishlar soni bo‘yicha Toshkent viloyati peshqadam — 5712 ta abort holati. Uchlikdan Samarqand viloyati (4942) va Toshkent shahri (4919) o‘rin olgan. To‘liq ro‘yxat quyida:
- Qoraqalpog‘iston – 2294;
- Andijon viloyati – 1178;
- Buxoro viloyati – 773;
- Jizzax viloyati – 1094;
- Qashqadaryo viloyati – 1501;
- Navoiy viloyati – 1795;
- Namangan viloyati – 3395;
- Samarqand viloyati – 4942;
- Surxondaryo viloyati – 2360;
- Sirdaryo viloyati – 1382;
- Toshkent viloyati – 5712;
- Farg‘ona viloyati – 2523;
- Xorazm viloyati – 1581;
- Toshkent shahri – 4919.
Izoh (0)