• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida boshqa fuqaroga tegishli 2 gektar yerni tanishlari orqali 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishlariga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar qildi.

    Kadr: Videodan skrin

    Kadr: Videodan skrin

    Qayd etilishicha, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs (1959-yilda tug‘ilgan) Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan va boshqa bir fuqaroga issiqxona tashkil etishi uchun ajratilgan 2 gektar sug‘oriladigan yer maydonini hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib, u yerda ishlab chiqarish sexi qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 500 ming dollari talab qilgan. U so‘ralgan pulning 50 ming dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

    Bo‘stonliq tumanida kuzatilgan holatda esa (1990-yilda tug‘ilgan) shaxs boshqa bir fuqaroga tegishli fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik uchun 49 yil muddatga ajratilgan 35 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali auksion savdolariga chiqarmasdan xaridor nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Evaziga 350 ming dollar talab qilib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Toshkent shahrida yashovchi shaxs (1992-yilda tug‘ilgan) ham o‘zganing ishonchiga kirib, Bo‘stonliq tumanidagi mahalliy MCHJga tegishli 3 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Evaziga 680 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

    Bu yo‘nalishda DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 5 gektar suvli yer maydonini 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali yerning tegishli hujjatlarini xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni reja qilgan.

    Ammo u so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Andijon shahrida va Oltinko‘l tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs ham o‘zaro til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali Oltinko‘l tumanidagi kichik sanoat zonasi hududidan 4,5 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni aytgan. Ular xizmati evaziga 36 ming dollar talab qilgan. Qonunbuzarlardan biri so‘ralgan pul mablag‘idan 10,7 ming dollarini olgan vaqtida DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning ikki nafar sherigi ham ushlangan.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Jizzaxda maktab qurilishini tendersiz olib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
    • Qibrayda 3 gektar yerni 350 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
    • Zangiotada davlat zaxirasidagi yarim gektar yerni 200 ming dollar sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

    31.07.2022, 12:55   Izoh (0)   40591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi namozxonlar “Tolibon” hukumati delegatsiyasini o‘rab olgani aks etgan suratga izoh berdi

    31.07.2022, 12:31

    Citilink aviakompaniyasi Indoneziya va O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqchi

    31.07.2022, 11:22

    Rossiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik ko‘lda cho‘kib ketdi

    31.07.2022, 10:47

    Namanganda qarzdorni kaltaklab, 6 kun davomida majburan tutib turib, so‘ng yer maydonini sotib yuborgan zo‘ravonlar qo‘lga olindi (video)

    31.07.2022, 10:20

    O‘zbekistonning qator hududlarida 31-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    31.07.2022, 09:13

    Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihonlarni Antikorrupsiya agentligi bilan hamkorlikda nazorat qiladi

    31.07.2022, 08:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.