Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 million kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foizga oshgan.

Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 2022-yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan. 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, 2021-yil 1-yanvarga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan. 2021-yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh, 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi City, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi City’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)