Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilayotgani haqida xabar berilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi.
Raqamlarga ko‘ra, bugungi kunda IT parklarda 14 ming nafar yosh yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan buyon 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.
2022-yilning o‘zida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan, 50 ta xorijiy IT kompaniya tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi. So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va O‘zbekiston xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildi (68-o‘rindan). IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi.
Izoh (0)