• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Feruza Sobitova turmushi buzilishiga aktrisaligi sabab bo’lgani hamda san’atni tark etayotgani haqida (video)

    Aktrisa Feruza Sobitova “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida dadasi bilan bog‘liq xotiralari, turmush o‘rtog‘i, nima sababdan ajrashgani, san’atni tark etishi, u uchun puldan ko‘ra rol muhim ekani, san’at olamida uni nima g‘azablantirayotgani haqida gapirdi.

    Aktrisa dadasi bilan bog‘liq xotiralari, bir muddat arazlab gaplashmay yurgani va bundan afsuslanishi haqida

    “Otam 2009-yilda olamdan o‘tdi. Erkak kishi ko‘p siqiladi, shunday paytda hamma dardlarini ichiga yutarkan, otam ham insult olmaganda hali yashar edi. Bu men uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Otam oddiy inson bo‘lgan, velosiped haydab yurardi, Jo‘ra aka deyishardi. Ko‘zlari yashil va ko‘k rangda bo‘lgan, juda ko‘ngliochiq inson edi. Onamdan nima uchun mening ko‘zlarim otamnikiga o‘xshamagan deb so‘raganman. O‘qishga topshirishimdan oldin menga qizim, ketma, qol deb aytgan. Men esa ota, menga bir imkoniyat bering, topshiraman, kelaman, agar kirolmasam turmushga berasiz deganman. Otam boshida menga qattiqqo‘llik qilgan, ruhan ta’sir ko‘rsatdi. Men esa xafa bo‘lib gaplashmay yurdim, o‘qishdan qaytganimda pul ham, oziq-ovqat ham bermasdi. Onamga ham berma deb aytgan. U payti yosh bo‘lganman, otam meni yaxshi ko‘rmas ekan deb o‘ylaganman.

    Hozir o‘ylayman, balki o‘sha payt qiynalsa qaytib keladi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Qaytib kelishimni istagani uchun shu ishni qilgan, keyin men o‘sha paytda otam bilan gaplashmay qo‘yganman. Fe’l-atvorim juda yomon, xafa bo‘lsam gaplashmayman. Keyin otam kechirim so‘ragan. Ajrashayotgan vaqtimda ham iltimos, ajrashma degan. Men esa yo‘q, ota men yashay olmayman, bu mening hayotim, siz mening hayotimga aralashmang, turmush qurishimni istadingiz, mana turmush qurdim, u inson meni xohlamayotgan bo‘lsa qanday qilib yashayman, o‘zimni past pog‘onada his qilishni istamayman deganman”, — deydi aktrisa.

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Turmush o‘rtog‘i va u bilan nima sababdan ajrashgani haqida

    “Turmush o‘rtog‘im biznes sohasida faoliyat yuritgan, yaxshi inson edi. Ikkita begona inson turmush qurib oila bo‘ladi. Ikkita insonning qancha minus va qancha plus tomonlari, fe’l-atvori bor, bu tabiiy hol. Shuning uchun farzandlarimizni shunaqa tarbiya qilishimiz kerakki, qizlarimizga sabr, yigitlarimizga ham sabr, ayollarga bo‘lgan hurmat bo‘lishi kerak. Eng birinchi navbatda sevgidan ham ko‘ra, bir-birini tushunish, hurmat qilish, chunki erkaklarda yiqilishlar, pulsizlik holatlari bo‘ladi shunday holatda yaxshi oilada tarbiya qolgan ayol turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Aytishadi-ku, har bir omadli erkakning ortida ayol kishi turadi deb.

    Biz balki fe’l-atvor jihatdan bir-birimizga to‘g‘ri kelmagandirmiz. Ko‘p oilalarning buzilishiga ayol kishi sababchi bo‘ladi, ayol kishining yelkasiga ko‘p narsa yuklanadi, ona bo‘lish, uy bekasi bo‘lish katta vazifa aslida. Buning ustiga ayol kishi ishlashi ham kerak, bu juda qiyin. O‘sha paytda bir-birimizni tushunmadikmi yoki men uni tushunmadim, ko‘p narsalarga yordam ber talab qildim. Hozir bunga pushaymon qilishning foydasi yo‘q, taqdirni qabul qilib yashash kerak. Lekin ajrashishimga kasbim sababchi bo‘lgan deb bilaman”, — deydi Feruza Sobitova.

    Foto: “Yandex.ru”

    Foto: “Yandex.ru”

    Firuza Sobitova san’atni tark etadimi?

    “San’atdan sekin-sekin voz kechmoqchiman. Endi farzandim uchun yashamoqchiman. Kinoda sifat, professionallar qolmadi. Borayotganimda professionallar bormi, deb so‘rayman ha, deyishadi. Borganimda bir-ikkita professional insonlar bo‘ladi, qolgani notanish. Dorixonachi deysizmi, kosmetolog deysizimi kinoda siz bilan birga rol o‘ynab yuribdi. Daraja tushib ketdi, sifatsiz narsalarda hattoki pul uchun ham o‘ynagim kelmayapti. Undan ko‘ra boshqa joyda ishlab pul topaman”, — deydi aktrisa.

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Aktrisa u uchun puldan ko‘ra rolning qanaqa ekani muhimligi haqida

    “Rol muhimroq. Bizga uncha ko‘p pul to‘lanishi qiyin masala. Hozir kinoda qanchaga rol o‘ynashimni aytsam ko‘pchilikka to‘gri kelmayapti. Endi sifat bo‘ladi, yaxshi komanda bo‘ladi, haqiqatan ham meni o‘sha rolni o‘ynashimni istasa aytilgan pulni to‘laydi. Bo‘lmasa meni ham zorlanib turgan joyim yo‘q”, — deydi Feruza Sobitova.

    Foto: “Yandex.ru”

    Foto: “Yandex.ru”

    Firuza Sobitovani san’atdagi qaysi holat g‘azablantirmoqda?

    “San’atdagi ‘konfetlar’ menga yoqmayapti. San’atdan ketganim bilan jonim achiydi, sifat bo‘lishi kerak. ‘Konfetlar’ga aytadigan gapim shu: joyida to‘xtab o‘zini bor narsalarni qadrlab yashasin. Ularning kinoga intilayotganini sababi mashhurlik yetmayapti. Kimdir meni ko‘rsin, televizorda chiqayapman, degan gap-so‘zlar kerakligi uchun qilinmoqda. Aslida mashhur bo‘lmasdan turib ham, artist bo‘lmasa ham mazza qilib yashasa bo‘ladi. Inson o‘zining ustida ishlashi kerak, inson o‘zini, oilasini, turmush o‘rtog‘ini boricha qabul qilib yashasa ham hayot go‘zal bo‘ladi, lekin ular buni mashhurlikda deb o‘ylaydi”, — deydi Feruza Sobitova.

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Foto: Instagram /@firuza_sabitova

    Mavzuga doir: 

    Instagram: Munisani yoqtirmaydigan Nasafiy, boshlovchiga tashlangan Feruza Sobitova, Toshkent metrosining “rasmiy ovozi” kimligini bilasizmi?

    29.07.2022, 19:32   Izoh (0)   41650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrain, rus, qozoq va eroniy — o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida ijod qilayotgan mashhurlar (foto)

    29.07.2022, 16:54

    Mashhur rollari bilan e’tibor qozongan va keyinchalik ko‘rinmay ketgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.07.2022, 14:50

    Sotuvchi, bloger, kotiba: mashhur malikalar shahzodalar bilan turmush qurmasdan oldin qaysi kasb egasi bo‘lgan?

    29.07.2022, 13:48

    San’atkorlarning mashhur stilistlari: ularning xizmat haqi qancha?

    29.07.2022, 12:07

    “Mumiyo” filmi yulduzi Brendan Freyzer yangi rol uchun 300 kilo vazn to‘pladi (foto)

    29.07.2022, 09:48

    Instagram: Nilufar Usmonova 6-farzandiga homiladormi? Qizini ko‘rsatgan Imron, Munisa Rizayevadan yangi qo‘shiq

    28.07.2022, 22:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.