• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ukrain, rus, qozoq va eroniy — o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida ijod qilayotgan mashhurlar (foto)

    Shou-biznes vakillari orasida o‘zbek millatiga mansub bo‘lsa-da, bu tilda gapirishni istamaydigan ijodkorlar juda ko‘p. Albatta, ularni oqlab bo‘lmaydi. Chunki tilni bilmay qo‘shiq kuylash talaffuzning noto‘g‘ri qo‘llanishiga va ma’nosiz qo‘shiqlarning yaratilishiga ham sabab bo‘ladi. Ammo ijodkorlar orasida o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida gapirishga intiladiganlar juda ko‘p. Ular nima uchun o‘zbek tilini o‘rganishga ahd qilishgani haqida quyida so‘zlab beradi.

    Milena Madmusayeva: “Maktabga chiqqunga qadar o‘zbekchani bilmaganman”

    Foto: Milena Madmusayevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Milena Madmusayevaning shaxsiy arxividan

    — Onam eron, otam esa tojik millatiga mansub. Uyimizda asosan forsiy tilda gaplashiladi. Ota-onam jamiyatga moslashib ketishda qiynalmasligim uchun meni rus bog‘chaga bergan. Shundan keyin biroz rus tilini o‘rganganman. Ota-onam “O‘zbekistonda yashayapmizmi, demak Milena shu tilni bilishi kerak”, deb o‘zbek maktabiga o‘qishga bergan. Avvaliga bu tilni o‘rganishga qiynalganman, ammo vaqt o‘tib hammasi iziga tushib ketgan, — deydi Milena Madmusayeva.

    Nigina Anorboyeva: “Qo‘shni bolalar sabab turli tillarni o‘rgandim”

    Foto: Nigina Anorboyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Anorboyevaning shaxsiy arxividan

    — Oilamiz aralash millatdan tashkil topgan. Dadam o‘zbek, onam esa qozoq millatiga mansub. Mahallamizda turli millat vakillari istiqomat qilishardi. Qo‘shni bolalar sabab turli millat tillaridan oz-ozdan o‘rganganman, — deydi aktrisa Nigina Anorboyeva.

    Kamila Gimandinova: “Onam ukrainalik, otam esa rus”

    Foto: Instagram / @gimandinova_official

    Foto: Instagram / @gimandinova_official

    — Otam rus, onam esa ukrain millatiga mansub bo‘lgan. Ammo onam bir yoshimda meni otamga tashlab o‘zi ketib qolgan. Uni faqat birgina rasmi orqali ko‘rganman. O‘zbek tilida deyarli bilmasdim. “Qadam” serialidan keyin bu tilni yanada yaxshiroq bilishim kerakligini angladim. Ba’zi so‘zlarning haligacha tushunmayman, ammo o‘rganishga va bu tilda xatosiz gapirishga harakat qilaman, — deydi aktrisa va bloger Kamila Gimandinova.

    Anjela Yesimbetova: “Men o‘zbek bo‘lib tug‘ilishim kerak edi”

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Qoraqalpoq oilasida dunyoga kelganman. O‘n birinchi sinfga qadar qoraqalpoq maktabida o‘qiganman. Maktabimizda faqat haftada bir soat o‘zbek tili va rus tili darslari bo‘lardi. O‘qituvchilarning kamligi yoki boshqa sabablar bilan o‘zbek tili darslari har doim ham bo‘lavermasdi. Ammo men o‘zbek tilidagi kitoblarni ko‘p o‘qirdim. “O‘zi men o‘zbek bo‘lib tug‘ilishim kerak edi”, derdim. Toshkentga kelgan paytimda bu tilda gaplashishga biroz qiynalganman, ammo vaqt o‘tgan sari o‘z ona tilimdek bo‘lib ketgan, — deydi aktrisa va rejissor Anjela Yesimbetova.

    Tatyana Sharq:  “O‘zbek tili  ijodimga ham hayotimga faqat ijobiy ta’sir etgan”

    Foto: Instagram / @sharq_tatyana

    Foto: Instagram / @sharq_tatyana

    — Rus oilasida tug‘ilganman. Institutda o‘qib yurgan paytimda ham deyarli o‘zbek tilini bilmaganman. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘qiyotgan vaqtim juda ko‘p konsertlarda ishtirok etardim. O‘shanda menga o‘zbek tilini o‘rganishga xohish tug‘ilgan. O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni ijro etishdan avval so‘zlarni yodlardim va ma’nosini bilishga harakat qilardim. Bu tilni o‘rganishim ijodimga ham hayotimga faqat ijobiy ta’sir etgan, — deydi “Sharq” guruhi xonandasi Tatyana Zayseva.

    Osman Navro‘zov: “Ona tilim emas, o‘zbek tili muvaffaqiyat keltirdi”

    Foto: Instagram / @osmannavruzov_official

    Foto: Instagram / @osmannavruzov_official

    — Asli millatim turkman, ammo qoraqalpoq elida tavallud topganman. Turkman maktabida o‘qiganim uchun qoraqalpoq tilini u qadar yaxshi bilmayman. Ya’ni tushunaman, ammo gapirishga qiynalaman. Ammo o‘zbek tili ancha yaxshi bilaman. Bunga sabab turkman tilida kuylagan qo‘shiqlarim unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan. O‘zbek tilidagi “Lyubimaya” qo‘shig‘i xonanda bo‘lib tanilishimga ulkan hissa qo‘shgan. Shu bois, o‘zbek tilin yanada yaxshi o‘rganimga harakat qilaman, — deydi xonanda Osman Navro‘zov.

    Zuhra Soliyeva: “Millatim — eroniy”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Millatim o‘zbek emas, eroniy. Bobom ancha yillar avval Samarqandga ko‘chib kelgan, ammo farzandlari shu diyorda dunyoga kelgan. Oilamizning barcha vakillari o‘zbek va tojik tillarini yaxshi bilishadi, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

    Arevat Grigoryan: “Til o‘rganish uchun o‘sha millatni sevish kerak”

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    — Otam arman millatiga mansub va onam rus. 11 yoshimda otam vafot etgach, onam men va ikki akamni yolg‘iz ulg‘aytirgan. Men aynan Toshkentda tug‘ilganim uchun o‘zbek xalqini judayam yaxshi ko‘raman. Ota-onam ham shu yurt vakillarini yaxshi ko‘rishgani sababli oilaviy muhitimiz ham o‘zbekona bo‘lgan. Shuning uchun meni o‘zbek bog‘chasiga yuborishgan. Shundan so‘ng o‘zbek maktabida ta‘lim oldim. Shu millatga sevgim va muhabbatim tufayli o‘zbek tilini yaxshi bilsam kerak. Mening fikrimcha odam o‘zga tilni mukammal o‘rganishi uchun, o‘sha millatni sevishi kerak, — deydi suxandon Arevat Grigoryan.

    Mavzuga doir:

    • Yulduz Usmonova, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev va chet el xonandalari bilan duet kuylagan boshqa o‘zbek san’atkorlari (video)
    • Sovitkich, mashina va uy. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ilk daromadidan qilgan qimmatbaho xaridlari (video)
    • 500 kvadrat metrli garderob, isitish tizimiga ega garaj, mini hayvonot bog‘i: O‘zbekistonlik san’atkorlar qanday uylarda yashaydi? (foto, video)

    29.07.2022, 16:54   Izoh (0)   48669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur rollari bilan e’tibor qozongan va keyinchalik ko‘rinmay ketgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.07.2022, 14:50

    Sotuvchi, bloger, kotiba: mashhur malikalar shahzodalar bilan turmush qurmasdan oldin qaysi kasb egasi bo‘lgan?

    29.07.2022, 13:48

    San’atkorlarning mashhur stilistlari: ularning xizmat haqi qancha?

    29.07.2022, 12:07

    “Mumiyo” filmi yulduzi Brendan Freyzer yangi rol uchun 300 kilo vazn to‘pladi (foto)

    29.07.2022, 09:48

    Instagram: Nilufar Usmonova 6-farzandiga homiladormi? Qizini ko‘rsatgan Imron, Munisa Rizayevadan yangi qo‘shiq

    28.07.2022, 22:34

    Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem 55 yoshda: Aktyor haqida 15 ta qiziqarli fakt (foto)

    28.07.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.