Avstraliya maymunchechakni milliy ahamiyatga molik yuqumli kasallik deb e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avstraliya bosh sanitar vrachi Pol Kellining aytishicha, Avstraliyada maymunchechak bilan kasallanish bo‘yicha 44 ta holat qayd etilgan, ularning aksariyati xalqaro sayohatchilarga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, maymunchechak faqat 21 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar orasida aniqlangan, ularning yarmidan ko‘pida kasallik belgilari Yevropa mamlakatlariga sayohatdan keyin paydo bo‘lgan.
Kellining ta’kidlashicha, qarorning jiddiyligiga qaramay, maymunchechak COVID-19 dan ancha xavsizroq, virus endemik bo‘lgan mamlakatlardan tashqarida hozirgi epidemiya paytida o‘lim holatlari qayd etilmagan.
AQSH hukumati maymunchechak tarqalishi sababli favqulodda holat joriy etish masalasini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)