Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabi Xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda agentlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.
Brifingda 2022-yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilgani aytib o‘tildi.
Xususan, yuqorida nomi keltirilgan maktablar Xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingani bildirildi.
Ma’lumot uchun, A-level Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlar xalqaro oliy standart sertifikati hisoblanadi.
A-level imtihonlari 2022-yilning may—iyun oylarida Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tgan. 2022—2023-o‘quv yilidan e’tiboran esa respublika hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)