Yaponiya hukumati 39 yoshli Tomohiro Katoni qatl qildi — u 2008-yilning 8-iyunida Tokiodagi ko‘chalardan birida yetti kishini o‘ldirgan va o‘n kishini yaralagan edi.
Kato jinoyatlarni yapon ommabop madaniyati, video o‘yinlari va elektronika muxlislari uchun do‘konlar va muassasalar joylashgan mashhur Akixabara kvartalida sodir etgan. Avvaliga u yuk mashinasida piyodalarni urib ketgan, so‘ng o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan.
2011-yilda Kato o‘limga hukm qilingan. Hukm 2015-yilda Oliy sud tomonidan tasdiqlangan.
Katoga nisbatan hukmning ijro etilishi Yaponiya rasmiylari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan birinchi qatldir. 2021-yilda mamlakatda uch nafar mahkum qatl etilgandi.
Yaponiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 106 nafar mahkum o‘z qatlini kutmoqda. So‘nggi yillarda Yaponiyada qatl etilganlarning aksariyati bir nechta qotilliklarda ayblangan.
Mavzuga doir: Myanmada harbiylar 4 nafar muxolifatchini qatl qildi
Izoh (0)