XXI asrda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik kelishuvi e’lon qilindi. Hujjatni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari imzolagan.
Unda quyidagilarga kelishib olingan:
- Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun yaqindan hamkorlik qilish;
- Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdidning oldini olish masalalarida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va yordam berish;
- o‘zaro davlatlararo munosabatlarda kuch ishlatmaslik;
- Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi qaratilgan harbiy ittifoqlarga, bloklarga kirmaslik, shuningdek, tomonlarning birortasiga qarshi qaratilgan harakatlarda qatnashmaslik;
- agar kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ularni tinch yo‘l bilan hal qilish.
Izoh (0)