• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Dada” 12 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh rol ijrochisi — chaqaloq hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Mashhur bokschi yigit ko‘chada to‘lg‘og‘i tutgan ayolga yordam berish uchun uni tug‘uruqxonaga olib boradi. Ammo shu kundan e’tiboran uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. Chunki ayol farzandini bokschi yigitga tashlab ketadi. To‘yi bo‘lish arafasidagi yigit gap-so‘zlardan qo‘rqib, chaqaloq haqida yaqinlariga aytmadi. Ammo uni tashlab ketishga ham ko‘zi qiymaydi.Bu voqealar sizga “Dada” filmini eslatdi, to‘g‘rimi? Bu yil mazkur kartina suratga olinganiga 12 yil to‘ldi. Film 2010-yilning iyul oyida ilk marta premyera qilingan edi. Shu munosabat bilan “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova film ijodkorlari bilan bog‘lanib, “Dada”ning suratga olinishi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar haqida suhbatlashdi.

    “Dada” filmida Ulug‘bek Qodirov, Muhabbat Ergasheva, Matyoqub Matchonov, Nodira Qodirova, Nigora Karimboyeva, Ahror Mahmudov, Abdirayim Abduvahobov, Aziza Bekmatova, O‘tkir Meliyev, Zuhra Soliyeva kabi iste’dodli aktyorlar jamoasi suratga tushgan.

    Abduvohid G‘aniyev — film rejissori

    Foto: Instagram / @abduvohid_ganiev

    Foto: Instagram / @abduvohid_ganiev

    — “Panoh” filmining suratga olish vaqtida talabalar yotoqxonasida uzoq yillardan buyon ishlaydigan qorovul bilan suhbatlashib qolganman. U talaba qizlarning biri to‘y ko‘rmay, homilador bo‘lgani va farzandini tashlab ketgani haqida aytib qoldi. Bundan mazmundagi filmlar avval ham yaratilgani uchun boshqacharoq tarzda film olgim keldi. Ya’ni tashlab ketilgan bolaning taqdiri qanday bo‘ladi, degan savolga javob bermoqchi bo‘ldim. Shoira G‘iyosova va Akrom Mahkamovlar bilan maslahatlashib, ssenariy yozganmiz.

    Foto: Abduvohid G‘aniyev shaxsiy arxividan

    Foto: Abduvohid G‘aniyev shaxsiy arxividan

    Zafar roli uchun ko‘p nomzodlar bo‘lgan. Avvaliga Ulug‘bek Qodirovni olishga ikkilanib turganmiz. Chunki Zafar bokschi yigit bo‘lishi, ringdagi xatti-harakatlari ko‘rsatilishi kerak edi. Ammo u vaqtda Ulug‘bek yaxshigina vazn to‘plagandi. Tan berish kerak, Ulug‘bek 15 kunda ozib, sport formasiga kirgan.Suratga olish maydonchasida qiyinchiliklar juda ko‘p bo‘lgan. Chunki 6 oylik chaqaloq bilan ishlash oson emas. Olti oylik bolakay injiqlanishi, kutilmaganda uxlab qolishi yoki tinmay yig‘lashi mumkin. Ulug‘bek Qodirov u vaqtda hali farzandli bo‘lmagandi. Chaqaloqni cho‘miltirish, tagligini almashtirish bilan bog‘liq kadrlarda rosa qiynalgandi, — deydi film rejissori Abduvohid G‘aniyev.

    Foto: Abduvohid G‘aniyev shaxsiy arxividan

    Foto: Abduvohid G‘aniyev shaxsiy arxividan

    Rejissor “Dada” filmida kichkina Zafar rolini ijro etgan Behruz G‘ulomovning bugungi hayoti va qiziqishlari qanday ekanligini bilishni istashishi aytdi.

    Foto: Skrin

    Foto: Skrin

    — Aniq esimda, u bola film suratga olingan vaqtda olti oy edi. Oradan ancha yil o‘tib, qaysidir filmning premyerasida “O‘zbekkino”ning sobiq rahbari A’zam Isoqov uni sahnada tanishtirgandi. U 5 yoshni qarshilab, shiringina bolakay bo‘lgandi. “Dada” filmini ko‘rganda shu bolakayning bugungi hayoti, qiziqishlari qanday ekan deb o‘ylayman. U biz bilan bog‘liq voqealarni eslolmasligi tabiiy hol. Ammo u bilan bizning shirin xotiralarimiz bor, — deydi rejissor.

     Bu rejissor bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilyapti. Ijodkor buning sababini quyidagicha izohladi.

    Foto: Instagram / @abduvohid_ganiev

    Foto: Instagram / @abduvohid_ganiev

    — Ayrimlar o‘ylagandek, O‘zbekistondan yoki ijoddan ketganim yo‘q. Katta qizim AQSHdagi universitetda o‘qiydi. Shu bois oilam bilan AQSHga ko‘chib kelganmiz. Ammo vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga borib, filmlar suratga olyapmiz. O‘tgan yili borganimda ham qoraqalpoq ijodkorlari bilan hujjatli film suratga oldim. Okean ortida ham ijod bilan bandman. Reklama roliklari suratga olamiz. Hozirgi kunda esa Gollivud prodyuserlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. AQSHda o‘zimni xuddi talabadek his qilaman, chunki bu yerga kelib juda ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deydi rejissor Abduvohid G‘aniyev.

    Ahror Mahmudov — aktyor:

    Foto: Skrin

    Foto: Skrin

    — “Dada” filmi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p. Masalan, Zafar kelinbola bilan to‘y ko‘ylagini ko‘rgani ko‘rgani borganida mening qahramonim chaqaloq bilan mashinada o‘tirib turadi. O‘sha paytda havo bugungidek juda issiq edi. Qo‘limdagi bola yig‘layverib, qizarib ketgandi. Uni ovutolmay qiynalib ketganmiz. Bolakayning onasi ham qiynalib ketgan. “Stop” deyilishi bilan yugurib kelib, bolani qo‘limizdan olardi, — deydi aktyor Ahror Mahmudov.

    Muhabbat Ergasheva — aktrisa:

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    — Bu filmga Abduvohid G‘aniyevning ustozi Rustam Sa’diyev taklif etgandi. Kasting topshirgach, rolga tasdiqlashgan. Suratga olish maydonchasida juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Masalan, Ulug‘bek akani it quvlagan sahnasi olinayotganda o‘rgatilgan it haqiqatan ham uni quvib ketgan. Aktyorga tan-jarohatini yetkazmasin deb, itning ortidan yana 3-4 kishi yugurishgan. Keyin Ulug‘bek Qodirov bilan kechasi tomga chiqib, shahar manzarasini tomosha qiladigan sahnamiz bor. Ulug‘bek aka tasodifan oyog‘imni bosib olgan. U kishining qanchalik gavdali ekanligini yaxshi bilasiz? Oyog‘im og‘rib, bir haftagacha cho‘loqlanib yurganman, — deydi aktrisa Muhabbat Ergasheva.

    “Dada” filmini ko‘rgan kishida kichkina Zafar qanday yigit bo‘lgan ekan, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Chunki o‘zbek kinosida chaqaloq bosh rolni ijro etgan filmlar juda kam. Shu bois Behruz G‘ulomov va uning oila a’zolarini izlashga qaror qildik. 

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mana bu uyni tanidingizmi? Bu yerda “Dada” filmi suratga olingan. To‘g‘ri, 12 yil davomida u biroz o‘zgargan. Ammo aktyor Ulug‘bek Qodirovning qahramoni yashagan bolaxona saqlab qolingan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Film ijodkorlariga uyimiz ma’qul kelgan. Ungacha ko‘pchilik oilalar oylik chaqaloqlarini filmda suratga tushishiga rozi bo‘lishmagan ekan. Bizdan so‘rashganida qarshi bo‘lmadik. Adashmasam, suratga olish jarayonlari taxminan bir oy davom etgandi. O‘g‘lim vazmin bo‘lgani uchun ijodkorlarni deyarli qiynamagan. Qorni to‘q, uyqusi yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, kadrga kulib suratga tushib berardi.

    Foto: “Daryo” (Behruz G‘ulomov 12 yoshda)

    Foto: “Daryo” (Behruz G‘ulomov 12 yoshda)

    O‘g‘lim Behruz G‘ulomov poytaxtdagi 94-maktabda tahsil oladi. Futbolni juda yaxshi ko‘radi. Aktyorlikka qiziqmaydi, ammo o‘zi suratga tushgan “Dada” filmini ko‘p marta tomosha qilgan. “Shunaqa bo‘lganmanmi?” deb savollarni qalashtirib tashlaydi. Tarixda qoladigan film yaratilgan, unga o‘z hissamizni qo‘shganimizdan juda xursandmiz, — deydi Behruz G‘ulomovning onasi Kamola G‘ulomova.

    Behruz G‘ulomovdan san’atga qiziqishi va do‘stlari u suratga tushgan film haqida qanday fikrda ekanligi haqida so‘radik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘pchilik kinoda suratga tushganimni bilishadi. Ammo men bu haqida gapirishga uyalaman. Ammo kinoni juda maqtashadi. Aktyorlikka emas, futbolga qiziqaman. Yaqinda ham qo‘limdan jarohat oldim. Ammo baribir futbol eng qiziqarli sport turi, — deydi Behruz G‘ulomov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • “Opa-singillar” 10 yoshda: serial qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band?
    • Bir filmda ikkita qahramonni mahorat bilan ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar (video)
    • Foto: 90-yillarda mashhur bo‘lgan “Yolg‘on asirasi” seriali qahramonlari 22 yildan keyin
    • “Sardor” seriali qahramonlari 21 yildan so‘ng qanchalar o‘zgargan va ular qanday ishlar bilan band (foto va video)

    24.07.2022, 15:46   Izoh (0)   63631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dunyo sening tog‘angmas” deb internetni “portlatayotgan” Java kim o‘zi? U nega yuziga niqob taqib yuradi? (video)

    24.07.2022, 09:57

    Instagram: Bolalikdagi orzusi ushalgan Sariq bola, sevib qolgan Davron Asqarov, syomkada janjal chiqargan Zilola G‘ulomova

    23.07.2022, 22:42

    2022—2023-yillar kuz-qish mavsumida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi kutilayotgan turk filmlari (foto)

    23.07.2022, 19:55

    Yulduz Usmonova, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev va chet el xonandalari bilan duet kuylagan boshqa o‘zbek san’atkorlari (video)

    23.07.2022, 15:50

    Rafiqalarining soyasida: eng nufuzli siyosatchi ayollarning erlari qanday ko‘rinishga ega va ular nima bilan shug‘ullanadi?

    23.07.2022, 13:50

    Instagram: Mashinasini sotayotgan Vohidjon Isoqov, tug’ilgan kunini nishonlagan Shirin Mamatova, ichki ishlar xodimlari tanimagan Feruza Normatova

    22.07.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.