“Roma” klub liboslarini bir kunlik sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Paulo Dibala “Roma”ga o‘tgach, muxlislar birinchi kunning o‘zidayoq uning ismi tushirilgan bir necha ming liboslarni xarid qildi. Bir dona futbolkaning narxi 110 yevro, elita versiyasi esa 130 yevro.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, klub “Yuventus” Krishtianu Ronaldu xarid qilinganidan so‘ng, birinchi kundagi liboslar sotuvi bo‘yicha rekordni takrorlagan.
“Roma” futbolchilari ichida barcha davrlarda eng ko‘p sotilgan libos Franchesko Tottiga tegishli hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi erkin agent sifatida rimliklar tarkibiga qo‘shildi. Dibala “Roma” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Izoh (0)