“Barselona” “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde transferini rasmiylashtirishga yaqin.
Yaqin soatlar ichida muzokaralar yakunlanishi mumkin, deya xabar beradi Diario Sport.
“Barselona” andalusiyaliklar 50 million yevrodan kam talab qilayotganini bilgan holda taklifni oshirmoqchi.
“Chelsi” Kunde uchun 65 million taklif qilgan. Ammo londonliklar bu pulni bo‘lib to‘lash va bonuslar sifatida bermoqchi edi. Kataloniyaliklar esa bunday qilmoqchi emas.
“Ko‘k-anorranglilar” hozircha rasmiy taklif jo‘natmadi. Biroq yaqin soatlarda futbolchi uchun rasmiy taklif yuboriladi.
Jyul Kunde ortda qolgan mavsumda “Sevilya” tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazgan.
Izoh (0)