Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDR istalgan vaqtda yadro sinovini o‘tkazishga tayyorligini aytdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Fikrimizcha, mening inauguratsiyamdan buyon Pxenyan, o‘zi qachon qaror qilsa, shunda yadro sinovi o‘tkazishga to‘liq tayyor va qodir”, — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Yonhap agentligi.
O‘z navbatida, Yaponiya Mudofaa vazirligi ham o‘zining “Oq kitob” yillik hisobotida KXDRning harakatlari Yaponiya xavfsizligiga “jiddiy tahdid” ekanini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, 2022-yil boshidan buyon Shimoliy Koreya raketalarni “o‘ta yuqori chastotada va yangi usulda” uchirib kelmoqda.
Pxenyan “yangi provokatsiyalar”ga kirishishi mumkin, deyiladi xabarda. Shimoliy Koreya yadroviy sinov o‘tkazishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda.
KXDR oxirgi marta yadro sinovini 2017-yilda o‘tkazgan edi.
Izoh (0)