Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida 22-iyul kuni don eksporti bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda UNIAN nashri xabar qildi.
Hujjatni Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar va BMT bosh kotibi Antonio Guterrish imzoladi. Xuddi shu hujjat Turkiya, BMT va Rossiya vakillari tomonidan ham imzolanishi kutilmoqda.
“Odessa”, “Chernomorsk” va “Yujniy” portlarini nazorat qilish Ukraina tomonida qoladi. Rossiya va Ukraina o‘rtasida g‘alla bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolanmasligi qayd etilgan.
Izoh (0)