• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Traktorchi baron, kuniga 6 mln so‘m topayotgan tadbirkor lo‘li, o‘qishni istaydigan, ammo o‘qiyolmayotgan Oynisa — Buxorodagi lo‘lilar mahallasidan reportaj (foto va video)

    Bolaligimda sho‘xlik qilib qo‘ysam, onam “seni jo‘gining xaltasiga solib yuboraman”, deya qo‘rqitgani uchunmi yelkasida qopi bor lo‘li xotinlarni ko‘rsam, juftakni rostlardim. Tasavvurimda ular faqat tilanchilik qilib, folbinlik ortidan kun ko‘radigan, sho‘xlik qilib qo‘ysa, bolalarni xaltasiga solib, o‘g‘irlab ketadigan kimsalardek iz qoldirgandi. Bugun deyarli har kuni lo‘lilarga duch kelamiz. Manbalarga ko‘ra, O‘rta Osiyo lo‘lilarining kelib chiqishi Hindiston bilan bog‘langan. Tarixda ularning Hindistonni tark etib, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tgani yozilgan. “Daryo” muxbiri bu safar Buxoro viloyatidagi lo‘lilar hayoti haqida hikoya qiladi.

    Kuy chalayotgan er va o‘yinga tushayotgan xotin.

    Kuy chalayotgan er va o‘yinga tushayotgan xotin.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Buxoro shahridagi “Sadriddin Ayniy” mahallasida 15 yildan ortiq vaqt davomida raislik qilib kelgan Avaz Ahtamov “Lo‘lilar bilan qarindoshdek bo‘lib ketganmiz. Udumlarini ularning o‘zidan ko‘ra, yaxshiroq bilsam kerak”, — deydi.

    Lo‘li millatiga mansub erkaklar.

    Lo‘li millatiga mansub erkaklar.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Raisning aytishicha, ushbu mahallada 1481 ta xonadon, 2530 ta oila bor. Unda 7258 nafar aholi yashaydi. Shundan 3370 nafarini lo‘lilar tashkil etadi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Lo‘lilar jaydari, jo‘mard xalq. 20 yildan ortiq vaqt davomida ular orasida ulg‘aydim, birga o‘sdim desam adashmayman. To‘g‘ri, avvaliga juda qiynalgan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Eng qizig‘i, ilgari ikki lo‘li urishib qolsa, ularning yaqinlari ko‘z ochib yumguncha ikki qabilaga ajralardi, ur-sur, to‘polon boshlanib ketardi. Hatto uchastka nozirlari ham bu vaziyatdan qochib, qutilib qolishgan paytlari bo‘lgan. Bunday paytlarda menga lo‘lilarning baroni madad berardi. Oradan vaqt o‘tib, lo‘lilar bilan chiqishib oldik, mubolag‘asi yo‘q, aka-uka, opa-uka, aka-singildek bo‘lib ketdik. Mard, tanti xalq. Shuningdek, lo‘lilarda birlashish, yakdillik kuchli”, — deydi mahalla raisi.

    Lo‘li kelin.

    Lo‘li kelin.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Suhbatdoshning aytishicha, u bundan o‘n ikki yil ilgari lo‘li bolalar ta’limi uchun mahalla hududiga vagon qo‘ydirib, unda maktab tashkil etgan. Vagonda lo‘li qizlar ham tahsil olgan. Biroq lo‘li qizlarning o‘qishidan jahllangan lo‘li bolalari vagon-maktabni yoqib yuborgan. So‘ng ularning tahsili davlat ta’lim muassasalarida rasman joriy etila boshlangan.

    Lo‘lilar tadbiridan.

    Lo‘lilar tadbiridan.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Buxoro shahridagi 2-, 7-, 10- va 12-umumiy o‘rta maktablarida 200 dan ortiq lo‘li bolalarining tahsil olishini tashkillashtirdik. Maktab yoshidan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ular ham tahsil olishi kerak degan talab bilan chiqdik. Hozir maktab, kasb-hunar kollejlarida o‘qishyapti. Xudo xohlasa, oliygohlarga ham harakat qilishyapti. Sportda xalqaro chempionatlarga chiqayotganlar, turli ishlab chiqarish sexlari ochib, odamlarni ishga jalb etayotganlar bor. Lo‘lilarning ish bilan bandligini ta’minlashga ham e’tibor qaratganmiz. 300 ga yaqin lo‘lilar shahar hududidagi turli kombinatlarda ishlashadi. Biroq yashirishga hojat yo‘q, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va qonunbuzishlar sodir etish holati ham bor. Bunday masalalarni bartaraf etishda mahalla oqsoqollari, baronlar bilan hamjihatlikda kengashib turamiz”, — deydi mahalla raisi.

    Lo‘li bolalar.

    Lo‘li bolalar.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Mahalla raisidan “Baron kim?” degan savolga “lo‘lilar qavmining boshqaruvchisi, yetakchisi, sarkori, to‘g‘rirog‘i, mahalla oqsoqoli” degan javobni oldik.

    Traktorchi baron

    Amin Gadoyev.

    Amin Gadoyev.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Lo‘lilar mahallasidagi o‘nqir-cho‘nqir, ilonizli chang ko‘chalar oralab borar ekanmiz, tasavvurimizda baron bizni pana-pastqam, qumsuvoq uyda qarshi oladigandek tuyuldi. Mahalla raisi esa bizni hashamatli va ko‘rkam xonadonga yetaklab kirdi. 60 yoshli baron Amin Gadoyev xotini bilan bizga peshvoz chiqib, quyuq salomlashdi, salqin so‘riga taklif qildi. Endigina haj ziyoratidan qaytganini aytib, duoga qo‘l tortdi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Lo‘li oilalari odatda ko‘p bolali bo‘lib, farzandlarining soni 10-12 nafargacha yetadi. 10 nafar farzandim bor. Yetti o‘g‘il, uch qiz. 38 nafar nabiram, bitta evaram bor. Hayotimiz yaxshi, yashashimiz farovon, kamchilik yo‘q. Ishlaymiz-da. 10 yildan ortiq vaqt traktorchilik qilganman. Dadamiz bizni ham yoshlikdan o‘qitgan. Na tilanchilik va na dangasalikka yo‘l bergan. G‘isht terganman, suvoqchilik, payvandlovchilik qilganman. Bolalarimni ham mehnatga o‘rgatdim. Bolaligidan tilanchilik qilishiga, odamlarning ta’bini xira qilib, ortidan pul so‘rab yurishiga yo‘l qo‘ymadim.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Maktabda o‘qitdim. Xat-savod chiqarishdi. Doimiy xayr-u saxovat etagidan tutishni, yetim-yesir boshini siylashni, tepganni tepmaslikni, yiqilganni suyashni uqtirdim. Chunki man baronman. Urfimizga ko‘ra, baronlarning bolalari betayin, savodsiz bo‘lsa, uning baronligi, salobati qolmaydi”, — deydi baron.

    “Lo‘lilar betayin emas”

    Baron lo‘lilarning kelib chiqishi, urf-odat va an’analari xususida so‘zlar ekan, bu qavm haqida ko‘pincha bo‘lmag‘ur gaplar, yolg‘on ma’lumotlar tarqatishayotganidan ranjiganini bildirgan.

    Lo‘lilar tadbiridan.

    Lo‘lilar tadbiridan.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Kelib chiqishimiz asli Hindistondan, biroq urf-odatlarimiz o‘zbekcha. O‘zbeklashib ketganmiz desak ham bo‘ladi. Ko‘pincha biz, lo‘lilar haqida bo‘lar-bo‘lmas, yolg‘on gap-so‘zlar tarqatishadi. ‘Shabbona’ degan filmda ota o‘zining qizini ko‘tarib, chimildiqqa olib kiradi. Bu yolg‘on, jo‘gilar yelkasiga ortilgan yomon gunoh bu. Kinodagilarning hammasi yolg‘on, birontasi bizning urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydi. Hammamiz xafa bo‘ldik. Unaqa bo‘lmagan, jonim qizim. Oldin so‘rab-bilib, keyin chiqarish kerak-da. Kinoni ko‘rib, hamma ranjidi, hammaning miyasiga urdi. Qaysi ota o‘z qizini chimildiqqa ko‘tarib olib kiradi. Lo‘lilar betayin emas! Unaqa ish bo‘lmagan. Bo‘lmaydi ham”, — deydi baron.

    Baronning aytishicha, lo‘lilarda “qiz o‘g‘irlash” odati yanayam avj olgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Lo‘lilarda ayoli erini boqarkan, deyishadi. Bu urflar qolib ketgan. Hozir bolalarni eri boqadi. Mardikorlik qilishadi, xorijda ishlashadi, keyin kelib to‘y qilishadi, hovli-joy qurishadi. Tilanchilik urflari ham endi yo‘q, buni uyat hisoblaydigan bo‘lishgan. Goh-gohida yo‘l chorrahalarida gadoylik qilib yurganlarga ko‘zim tushadi. Ularning ta’zirini beraman. Boshqa o‘lkalarni bilmadig-u, ta’ziyalardagi ko‘p urflarniyam yo‘qotdim. Ayollar ko‘kraklariga urib, dod solib, aylanib, ashula aytib yig‘lashardi. Keyin ta’ziyaga kelgan har bir odamga pul berishardi. Kimning sharoiti bor, kimda yo‘q. Bugun esa bitta qo‘y so‘yishadi, bo‘ldi. Ortiqcha chiqimlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, — deydi suhbatdosh.

    Lo‘lilarda vafot etgan kishini uyiga ko‘mishi qanchalik haqiqatga yaqin?

    “Tavba qildim, inson-ku u. Odam itni ham uyiga ko‘mmaydi. Keyin bunday uyda qanday yashashi mumkin? Gap bu. Qavmimizga loy chaplash uchun o‘ylab topilgan yolg‘on gaplar. Bir necha yillar ilgari uyimizda ta’ziya bo‘lgandi. Ko‘ngil so‘rab kelgan bir-ikki o‘zbek juvonlari lo‘lilar o‘likni uyda ko‘madi, deb dasturxondan tuz ham totishmagan ekan. Bu endi oshib tushgan og‘riq-da, biz uchun. Hatto lo‘lilarning qabristoni yo‘q, degan bo‘htonlar tarqatishgan. Unaqa emas, jonim ukam. O‘zimizning qabristonlarimiz bor. O‘zbeklar bilan birga”, — deydi baron.

    Baron lo‘lilar to‘yi haqida ham to‘xtaldi. Aytishicha, bundan 5-10 yilcha ilgari lo‘lilar to‘yi uch kecha-kunduz davom etgan. Birinchi kun kurash, keyin ko‘pkari va uchinchi kun to‘y o‘tkazilgan. Samarqand, Qashqadaryo, Tojikiston va hattoki, Afg‘onistondan mehmonlar kelishgan, har biriga bir boshdan qo‘y berib yuborishgan. Taniqli qo‘shiqchilar, hofizlar xizmatga chaqirilgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “To‘ylarimizga ikki-uch mingtagacha odam kelardi. O‘zim ham 2001-yilda o‘g‘limning to‘yiga 300 kilogramm osh damlaganman. Anvar Sanayev xizmatimizda bo‘lgan. Juda katta xarajat bo‘lardi. Ha aytmoqchi, o‘sha kezlarda qizlarni 14-15 yoshga to‘lib-to‘lmay, turmushga uzatishgan. Hozir bu urf-odatlar ham ortda qolib ketdi. Qizlar hozir 17 yoshdan turmushga chiqishadi”, — deydi u.

    Suhbatdosh so‘ziga ko‘ra, lo‘lilar to‘yida hozirgacha janjal, mushtlashuvlar bo‘lib turadi. Lekin ular bir-birining ustidan shikoyat qilib, arz qilib birorta organ eshigiga bormagan.

    Lo‘lilar tadbiridagi osh.

    Lo‘lilar tadbiridagi osh.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Urush-janjal bo‘lsa, melisa chaqirmaymiz, oqsoqollar, baronlar o‘zimiz o‘zaro tinchitamiz. Bir-birining ustidan mani urdi, mushtladi, deb melisaga yozsa, unda yigitlik ori qayerda qoladi”, —deydi baron.

    Baron ayrim lo‘li erkaklar o‘rtasida uchrab turadigan qo‘shxotinlikni qoraladi.

    “Ikki xotinlilarning ahvoli yaxshi emas, oilada ularga yashash qiyin. Ko‘p janjallar bo‘ladi. Arazlab ketishadi, melisaga borishadi. Tinchligi yo‘q”, — deydi suhbatdosh.

    Lo‘lilarning “maxfiy” tili

    Lo‘lilar tojik tilidan tashqari bir-biri bilan muloqot qiladigan boshqa tili ham bor. Bu haqda na kitoblarda muhrlangan, na boshqa millat vakillariga ma’lum qilingan. Aytilishicha, non—harsid, qand–shatoyi, qovun–badiq, varson–olib kel, orshin–ol, ajar–pul degan ma’noni anglatar ekan.

    Kuniga 6 mln so‘m topayotgan tadbirkor lo‘li

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Tilanchilik aksariyat lo‘lilar uchun tirikchilikning yagona yo‘li bo‘lib shakllangan. Biroq, jamiyat taraqqiyotidan kelib chiqib, barqaror daromadli sohalarda o‘z joyini topishga harakat qilgan lo‘lilar ham bor.

    Shu mahallada yashovchi lo‘lilardan biri Aziz Gadoyev 27 yoshda bo‘lib, ikkita ishlab chiqarish sexiga rahbarlik qiladi. Birida qog‘oz va yelim idishlar, keyingi sexda chiqindi plastiklar qayta ishlanadi. Uskunalari Xitoy davlatidan shartnoma asosida keltirilgan. 15 nafarga yaqin lo‘lini ish bilan ta’minlagan. Ishchi-xodimlariga 2,5-3 million so‘mgacha oylik maosh to‘laydi.

    “Buxorodagi barcha yaroqsiz va chiqindi plastiklar shu yerga keltiriladi. Chunki viloyatimizda plastikni qayta ishlab, ulardan plastik trubalarni tayyorlash uskunasi faqat bizda bor. Bir kunda 1 tonnadan 10 tonnagacha plastik yig‘iladi. Bir kunlik daromadimiz 5-6 million so‘mgacha. Sex faoliyatini kengaytirib, ishchilar sonini ham oshirmoqchiman. Lo‘li ayollarni ham ish bilan ta’minlash imkoni yaratiladi”, — deydi Aziz Gadoyev.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shu sex ishchisi Shavkat Hasanov mehnati ortidan “Jiguli” olganini gapirdi.

    “Mashina ro‘zg‘orni tortadi-da. Asta-sekin uy-joyimni ham tiklayman. Faqat qizimning yuragida nuqsoni bor. Xudo kuch-quvvat bersin, oldin qizimni davolatay, keyin boshqa orzu-umidlarimni qilaman”, — deydi Shavkat Hasanov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratishni maqsad qilgan lo‘li

    Buxoro shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi lo‘li millatiga mansub Azim Gadoyev sportning kikboksing turi bilan shug‘ullanadi. U hech qachon lo‘li qavmidan ekanidan or qilmagan.

    Azim Gadoyev.

    Azim Gadoyev.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Katta bo‘lsam, chempion bo‘laman, O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraman. Jo‘ralarimni ham o‘qishga, sportga boshlayman. Hali biz hamma havas qiladigan el bo‘lamiz”, — deydi Azim.

    Lo‘lilar orasida jamiyatda o‘z o‘rnini topolmayotganlari ham bor

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Oynisa maktabda o‘qishni istashini, ammo buning imkoni yo‘qligini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Oynisaning onasi Dilbar Sodiqova 52 yoshda. U to‘qqiz nafar farzandning onasi. Otasi Toshpo‘lat Qurbonov hech qayerda ishlamaydi, yelim idishlar terib, sotib, kun ko‘radi.

    Oynisaning onasi qizini maktabga qo‘ymaganini “Qizim har xil insonlar oldida yurishidan qo‘rqaman”, deya izohlasa, otasi “Bolalarni maktabga o‘qitish uchun sharoit ham yo‘q-da. Qayerga borsak, ishga olmaydi”, deydi.

    “Ikki yelkamda ikki xalta edi. Birida bolalarim, birida gadoylik xaltasi. Burungi davrlarda tilanchilikka chiqqanman-da. Biz, lo‘lilar, ko‘p bolali qavm bo‘lsak: ularni boqish kerak bo‘lgan. Hozirgi kunlarda tilanchilikka chiqishni uyat sanashadi. Bakalajka terib, odamlarning xizmatini qilib, pul topish yo‘liga o‘tishgan”, — deydi 70 yoshli onaxon Sayyora Obloqulova.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Suhbatdosh bolalarini maktabda o‘qitish borasida muammoga duch kelayotganini, nevarasini maktabga qo‘ya olmayotganini bildirdi. Uning aytishicha, 10 yoshdan o‘tgan nevaralarini “sen maktab yoshidan o‘tgansan”, — deb ta’lim dargohiga qabul qilmagan.

    Bizga hamrohlik qilgan mahalla raisi arz-dodini aytmoqchi bo‘lgan lo‘li xotinlarining shashtini qaytarib, “Hamma zo‘r, shukrona keltiring, hokimga rahmat deng, mahalla raisiga rahmat deng”, deydi.

    Lo‘lilar, shuningdek, mahallada suv tanqisligi, elektr energiyasi ta’minotida muammolar ko‘pligi, yo‘llarning ta’mirga muhtojligida shikoyat qilgan.

    “Tomorqa yerlarni sug‘orishga ko‘p vaqtdan buyon suv yo‘q. Hamma yoq qaqrab yotibdi. Daraxtlar qurib ketyapti. Har yoqlardan suv tashiymiz. Buning o‘zi bo‘ladimi, jonim bolam”, — deydi Ro‘zitosh Intizorova.

    73 yoshli Yusuf bobo.

    73 yoshli Yusuf bobo.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    73 yoshli Yusuf boboning aytishicha, u 1975-yilda Qashqadaryo viloyatidan Buxoroga ko‘chib kelgan. 15 yildan ortiq vaqt chodirlarda umrguzaronlik qilgan bobo ham aholining yo‘l masalasida qiynalayotgani, bolalar ham qishda ko‘chalarning loy, balchiqqa aylanib ketishi tufayli maktabga borishga qiynalayotganini so‘zlagan.

    Bundan 35-40 yilcha ilgari Rossiyaning Sverdlov viloyatidan lo‘li yigitga turmushga chiqib kelgan Lyudmila Akayeva 12 farzandni dunyoga keltirgan. O‘zining aytishicha, u ota-onasiz, bolalar uyida ulg‘aygan.

    “Turmush o‘rtog‘im xizmat burchini Rossiyada o‘tagan. Shunda tanishganman va lo‘li yigit bilan bir umr yashashdan hech ikkilanmay, u bilan Buxoroga kelganman. Lo‘lilar udumini qabul qilishga va’da berganman. Ammo hech qachon xalta ko‘tarib, ko‘chaga chiqmaganman. Ishladim, mehnat ortidan oila tebratdim. Qiynalgan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Lekin yo‘qchilig-u, ochlik-to‘qlikka ko‘nib yashadim. Pushaymon emasman. Farzandlarimning hammasini o‘qitdim. Nevaralarimni ham o‘qityapman. Besh yilcha ilgari turmush o‘rtog‘imdan ayrildim. Bolalar tashvishiga bosh-qoshman, mahalla-ko‘y, davlat yordam beryapti”, — deydi Lyudmila Akayeva.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Uzoq yillardan buyon Qozog‘iston va Rossiya davlatlarida ishlab kelayotgan 48 yoshli Muhiddin Qilichev lo‘lilar mahallasida ahvol anchagina e’tibordan chetda ekanini gapirgan.

    “O‘g‘illarim, jiyanlarim maktabda o‘qiydi, lekin qishda umuman darsga bormaydi. Sababi yo‘llar talabga javob bermaydi: balchiq, loy. O‘qituvchilar loyga botgan bolalarni ko‘rib, uyingga bor, ket, deb qaytarib yuborishadi. Kamsitishadi. Endi yo‘llar asfaltlanib, o‘zgarishlar bo‘ladi, deyishyapti. Yanayam bilmadim”, — deydi Muhiddin Qilichev.

    Hokim va’da berdi

    Aytilishicha, mahalla baroni Yunus otaning xonadonida bo‘lib, endi suhbat qiziganda, uning hovlisiga Kogon shahar hokimi kirib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu hokim kunora lo‘li mahallalarda kezadi, aholi bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rganadi.

    Kogon shahri hokimi lo‘lilar mahallasida.

    Kogon shahri hokimi lo‘lilar mahallasida.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Kogon shahrining ‘Xo‘jabargi’ hamda ‘Furqat’ mahallalarida lo‘lilarimiz yashashadi. Har ikki ko‘chani ham obodonlashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan. ‘Obod mahalla’ dasturiga ham kiritilgan. Uzoq yillardan buyon bu mahallada na suv quvurlari yangilangan, na ko‘chalar asfaltlangan, haqiqatan ham e’tibordan chetda bo‘lgan. Hozirgi kunda dastlabki ishlar boshlangan. Suv o‘tgach, asfaltlanadi. Man lo‘li xalqining bir fazilatiga qoyil qolaman. Har haftada kamida ikki-uch bor kelaman. Nimadir ishni bajarish lozimligi aytilsa, juda tez fursatda hamjihatlikda ado etishadi. O‘tgan yildan buyon bolalarini maktabda majburiy o‘qitish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Bularni ham oliy ta’limda tahsil olishi kerak. Hammasi zo‘r bo‘ladi”, — deydi hokim.

    21.07.2022, 20:22   Izoh (0)   81242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kasblarga tayyorlash markazi tashkil etildi

    21.07.2022, 19:27

    Samarqandda ommaviy zaharlangan fuqarolar ahvoli qandayligi aytildi

    21.07.2022, 19:19

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

    21.07.2022, 19:08

    “Uzcard va Humo kartalarini birlashtirish ishlari to‘xtab qolgani yo‘q” — Markaziy bank

    21.07.2022, 18:58

    Buxorodagi podstansiyalardan birida yong‘in yuzaga keldi

    21.07.2022, 18:50

    Nurmat Otabekov sosiska ichidan qurt chiqqani aks etgan videoga izoh berdi

    21.07.2022, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.