Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28—29-iyul kunlari Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga tayanib, RT xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Samarqand shahrida SHHTga a’zo davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi.
Izoh (0)