• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yetti yil ishsiz qolgan, ayoli sabab krizisdan o‘tgan, chet el filmlaridagi yagona “osiyolik” Seydulla Moldaxanov haqida

    Bugun har qanday filmda o‘zini namoyon qila oladigan, nafaqat o‘zbek kino olamida, balki, rus kinematografiyasida ham shuhrat qozongan aktyor Seydulla Moldaxanovning hayot va ijod yo‘llariga nazar solamiz.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Seydulla Moldaxanov 1958-yil 24-may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Aktyor intervyularidan birida oilasining mutlaqo san’atga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

    10 yoshlarda edim. Otam uyga o‘sha paytlari urf bo‘lgan oq-qora tasvirli televizor olib keldilar-u, men o‘zimni kinoaktyor sifatida ko‘ra boshladim. Yaqinlarim “Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?” deyishsa, hech ikkilanmay “Aktyor!”, derdim. Orzumdan xabar topgan tog‘am Moskvadagi kinematografiya universiteti (VGIK)da aktyorlikka o‘qitishadi degach, u yerga o‘qishga kirishni o‘ylay boshladim. Niyatimga yetdim ham.

    Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maktabni tugatib, Moskvadagi kinematografiya universitetiga hujjat topshirgan Seydulla Moldaxanov imtihondan yiqiladi. Aktyor bolaligidan o‘qishni orzu qilgan institutiga qabul qilinishi haqidagi qiyinchiliklarni shunday xotirlaydi.

    Aktyor bo‘lib yetishishim chindanam oson bo‘lmadi, avvaliga o‘qishga kirolmadim, so‘ng bir necha marotaba teatr studiyalari uchun tashkillashtirilgan imtihonlardan yiqildim. Bekor yurmaslik uchun zavodga ishga kirdim va shu yerdagi madaniyat saroyi qoshida ochilgan teatr jamoasiga qatnay boshladim.

    Jamoamiz bilan turli festivallarda ham ishtirok etganmiz. Bu men uchun katta maktab bo‘lib xizmat qilgan. Oradan bir yil o‘tib, madaniyat institutining tayyorlov kursiga ilindim. U yerda ham ikki yil tahsil oldim. “VGIK”dan o‘zbek guruhini tuzish uchun mutaxassislar kelishganini eshitib, imtihonda qatnashdim.

    Birinchi bosqichdan o‘tdim, ammo keyingisida meni eshitishmadi va “Rejissorlikka o‘qiyotgan ekansiz, davom ettiravering”, deyishdi. Men esa xonada o‘tirganlarning barchasiga qo‘pollik qilib chiqib ketdim. Shu voqeadan keyin meni keyingi bosqichga o‘tkazishdi. Oradan ikki yil o‘tib, buning sababini bildim. Hay’at a’zolari orasida Moskvadan kelgan kishi mening holatimni ko‘rib, “Ana shunday yigitlardan haqiqiy aktyor chiqadi”, degan ekan. Uning bir oјiz so‘zi bilan meni “VGIK”ga olishgan, indamaganidami, orzumdagi universitetda o‘qish nasib qilmasmidi, ehtimol.

    Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Kinodagi faoliyati haqida

    O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, Seydulla Moldaxanov mehnat faoliyatini “O‘zbekfilm” kinostudiyasida 1983-yilda boshlagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Seydulla Moldaxanovsiz o‘zbek kinosini tasavvur qilish qiyin. U 80 ga yaqin teleserial va kinofilmlarlarda ham rang-barang rollarni mahorat bilan ijro etdi. Jumladan, kinorejissor Yusuf Roziqovning “O‘rtoq Boykenjayev” filmida direktor, “Siz kimsiz”da Salim, rejissor K.Kamalovaning “Nabiramiz militsiyada ishlaydi”da Po‘latov, “Klinika” da talaba, Jahongir Qosimovning “Nazira” filmida koreys, B.Berdiyevning “Qasos” filmida mayor, O.Yo‘ldoshevning “Uqubat” filmida kapitan, Murod Rajabovning “Ulfatlar” filmida trener, Hilol Nasimovning “Faqat g‘alaba” filmida xitoylik trener, Yodgor Sa’diyevning “Shaytanat” milliy serialida Hamdam, Muzaffar Erkinovning “Saodat” teleserialida  Norqobil, Rustam Meliyevning  “Maqsad” filmida general kabi  obrazlarini xalqimiz sevib tomosha qiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘zimizda epizod, chet elda bosh qahramon rollarida…

    Seydulla Moldaxanov nafaqat o‘zbek kinosida, balki MDH davlatlari kinochilari tomonidan suratga olinayotgan filmlarda ham suratga tushib shuhrat qozonmoqda.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Xususan, ukrainalik kinorejissor S.Chekalovning “Polyarniy reys” da Shaman, “Serdsa tryox” filmida Rudolfo, Qozog‘iston kinochilarining “Vozvrashyeniye” filmida Ayumov, “Serdse moyo — Astana” da taksist, Rossiya kino ustalarining “Visoskiy”da vrach, “Sled salamandri”da Umar, “Na krayu stoyu”da cho‘pon, “Den pobedi”da o‘zbek, “Adaptatsiya”da Xasava, “Sofiya”da Timur, “Gostinitsa Rossiya” teleserialida Nuritdin, “Rodina”da Miyamoto, “Zvyozdi”da brigadir, “Priklyucheniya v strane chatranga”da ota, “Usnuvshiy passajir”da Musalim kabi obrazlari shular jumlasidandir.

    Aktyor chet el filmlarida Osiyo xalqlaridan barchasini o‘ynagani haqida shunday xotirlaydi.

    Rus filmlarida men mavjud Osiyo xalqlarining hammasini o‘ynagandekman (kuladi). U yakut, yapon, xitoy, hind va boshqalar edi. Hozir, masalan, men parallel ravishda: bir loyihada qrim-tatar va boshqasida O‘rda jangchisi (15-asr voqealari haqidagi film) rolini o‘ynayapman. Aytgancha, yaqin kelajakda yana bir juda yaxshi ekzotik rol bor — Nenets qishlog‘ining boshlig‘i roli. Bu film neft qazib oluvchilar tundraga quduqlarni o‘zlashtirish uchun qanday kelishlari haqida.

    Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    Kino olamidagi og‘ir kunlar haqida

    Aktyor kino olamidagi og‘ir kunlarda moliyaviy yetishmovchiliklar sabab biroz tanaffus qilib, biznes bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. O‘sha yillar haqida Seydulla Moldaxanov shunday deydi:

    Albatta, men ham, boshqa aktyorlar ham 90-yillarning o‘rtalarida, kino deyarli nobud bo‘layotgan paytda og‘ir kunlarni boshdan kechirdik. Keyin biznesga kirdim, matbaa bilan shug‘ullandim, sport klubida ishladim. Men teatrni tark etishga majbur bo‘ldim. Yo‘q, u moliyaviy jihatdan xavfsiz edi, lekin psixologik jihatdan qattiq bosdi. Keyin, Xudoga shukur, hammasi yaxshilana boshladi. Men teatrga qaytdim va birinchi qo‘ygan spektaklim “Oq qora laylak” bo‘ldi.

    Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘ttizdan ortiq xalqaro teatr festivallari qatnashchisi

    Seydulla Moldaxonovni kinodagi bir-biridan farqli, ziddiyatli, o‘ziga xos rollari bilan eslab qolishgan. Lekin aktyor teatr sahnasida ham katta ishlar qila olgan ijodkor hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida teatr sahnasida 30 dan ziyod turli obrazlarni yaratdi.

    U “Ilhom” teatrida sahnalashtirilgan “Oppoq, oppoq qora laylak” spektaklida Said, “Sem lun”da Mani, “Baxtli gadoylar”da Sayed, “Ruh”da Mulla, “Petrushka”da Mavr, “Dojd za stenoy” musiqali dramasida ota, “Podrajeniye koranu”da sayyoh kabi bosh rollarni katta mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Ushbu spektakllar Amerika, Yaponiya, Germaniya, Rossiya kabi ko‘plab davlatlarda ham namoyish etilib, 30 dan ortiq Xalqaro teatr festivallarida faol qatnashdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Va ozgina e’tibor, kamgina e’tirof haqida

    Aktyorning shuncha yillik mehnatlari juda katta desak mubolag‘a bo‘ladi-yu, ammo har qalay turli unvon va mukofotlarga munosib ko‘rilgan.

    U 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2006-yili Rossiya kino rejissori F.Petruxin tomonidan suratga olingan “Den pobedi” nomli badiiy filmida o‘ynagan o‘zbek roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali rol” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston va Estoniya  hamkorligida rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan “Dom dlya rusalok” badiiy filmi esa 2016-yilda “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” deb topilgan.

    Seydulla Moldaxonovning deyarli 40 yillik mehnat faoliyatidagi biz bilgan mukofot-u unvonlari shulardangina iborat xolos.

    Oilaga sadoqatda barcha aktyorlarga o‘rnak aktyor

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Seydulla Moldaxanov oilaga vafo masalasida nafaqat hamkasblariga, balki ko‘plab muxlislariga ham o‘rnak bo‘la oladi. Aktyor “Sog‘diyona” gazetasiga 2017-yilda bergan intervyusida oilasi haqida va oilaga sadoqat haqida shunday deydi:

    Qizim diplomatiya universitetini tamomlab, Moskvada o‘qishni davom ettirdi. Hozir xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha yirik kompaniyalardan birida faoliyat yuritib kelyapti. Turmushga chiqqan, nabiram bor. O‘tgan yili teatrdan ruxsat olib, Moskvaga yo‘l oldim, nabiramning qanday atak-chechak otayotganini ko‘rgim kelgandi-da. Bobo bo‘lish boshqacha bo‘larkan. Toshkentga kelganida tandirda yopilgan nonimizni yoqtirib qoldi. Bir butun nonni qo‘liga olvoladi-da, maza qilib paqqos tushiradi. Shundan boshqasini yemaydi.

    Ayolim xoreograf. Ko‘p yillar badiiy jamoaga rahbarlik qildi, yaqinda nafaqaga chiqib, nabiramizga qarayapti.

    Mening baxtli turmush sirim bu — muhabbat, o‘zaro hurmat va ishonch. Rafiqam rus millatiga mansub, ammo sharqona tarbiya ko‘rgan. Meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab va mehr ko‘rsatib yashayapti. Bu yil turmush qurganimizga 36 yil bo‘ladi, 4 yil bir-birimizni sinaganmiz. Demak, 40 yildan beri birgamiz. Hozir ham kuniga o‘n martalab qo‘ng‘iroqlashamiz, bir-birimizni sog‘inamiz, baxtli turmush siri shu bo‘lsa kerak-da. Ochig‘i, bir necha martalab uylanadigan erkaklarni tushunmayman, hech kimni sevmaganmi ular? Bir paytlari ishsiz ham yurdim. Yetti yillar chamamda, suratga tushmadim, teatrdan ketdim, o‘sha damlarda rafiqam menga dalda bo‘ldi. Aktyorlardagi krizis davri qiyin kechadi, ayrimlarning toqati yetmay yengiladi. Yaqin do‘stlarim orasida ham shundaylari bo‘lgan, shukr, oilamning ko‘magi bilan men ulardan o‘toldim.

    Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    19.07.2022, 10:49   Izoh (0)   27229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Kasal bo‘lib qolgan Feruza Normatova, konsertida onasiga gul bergan Java, mashinasini sotayotgan Jahongir Poziljonov, Lola — bozorda

    18.07.2022, 22:25

    Amitabh Bachchan, Shohrux Xon, Kajol va bir filmda ikki obrazni gavdalantirgan boshqa Bollivud yulduzlari (video)

    18.07.2022, 21:43

    “Bir kuni hammamiz qariymiz, yuzimizga ajin tushadi va bu tabiiy holat”. Jahon kinosi yulduzlari tabiiy go‘zallik va o‘zini boricha qabul qilish haqida (foto)

    18.07.2022, 19:47

    40 yoshdan keyin farzand ko‘rgan hamda ona bo‘lish uchun hech qachon kech emasligini isbotlagan mashhur ayollar (foto)

    18.07.2022, 17:53

    Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanayotgani rostmi? Aktyor Ozoda Nursaidovaning klipidan so‘ng avj olgan mish-mishlarga izoh berdi

    18.07.2022, 15:44

    Ozodbek Nazarbekov vazir bo‘lishdan ko‘ra xonandalik yaxshiroq ekani hamda hozirgi lavozimida qancha oylik olishi haqida gapirdi (video)

    18.07.2022, 14:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.