Seydulla Moldaxanov: “Bir necha marta uylangan erkaklarni tushunmayman”

Jurnalist Dildora Yusufbekova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxanov bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatni “Darakchi.uz” e’lon qildi. Unda aktyor o‘zining baxtli turmushi siri haqida gapirar ekan, muhabbat, o‘zaro hurmat va ishonchni tilga oldi.

Foto: “Darakchi.uz”

“Rafiqam rus millatiga mansub, ammo sharqona tarbiya ko‘rgan. Meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab va mehr ko‘rsatib yashayapti! Bu yil turmush qurganimizga 36 yil bo‘ladi, 4 yil bir-birimizni sinaganmiz. Demak, 40 yildan beri birgamiz. Hozir ham kuniga o‘n martalab qo‘ng‘iroqlashamiz, bir-birimizni sog‘inamiz, baxtli turmush siri shu bo‘lsa kerak-da. Ochig‘i, bir necha martalab uylanadigan erkaklarni tushunmayman, hech kimni sevmaganmi ular? Bir paytlari ishsiz ham yurdim. Yetti yillar chamamda, suratga tushmadim, teatrdan ketdim, o‘sha damlarda rafiqam menga dalda bo‘ldi. Aktyorlardagi krizis davri qiyin kechadi, ayrimlarning toqati yetmay yengiladi. Yaqin do‘stlarim orasida ham shundaylari bo‘lgan, shukr, oilamning ko‘magi bilan men ulardan o‘toldim”, — dedi aktyor.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing