• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanayotgani rostmi? Aktyor Ozoda Nursaidovaning klipidan so‘ng avj olgan mish-mishlarga izoh berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shahzod Sultonov va Feruza Normatova ishtirokidagi videolar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bir urishib, 3-4 kundan keyin yarashib oladigan partnyorlar bilan bog‘liq mish-mishlar ham talaygina. Ba’zi savollarga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova aktyor Shahzod Sultonov bilan suhbatlashdi.

    “Rejissorlikka qaytmoqchiman, ammo aktyorlikdan ortmayapman”

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    — Institutni bitirgan yilim “Begunoh” nomli 67 qismdan iborat serial suratga olganman. Serialning ikki mavsumi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Afsuski, uchinchi mavsumda suratga olamiz, deganimda kuchaytirilgan karantin davri boshlandi. Shundan keyin hamma ishlar ortga surildi. “Serialdan foyda ololmadi, puldan qiynaldi”, degan gaplar mutlaqo yolg‘on. To‘g‘ri, puldan qiynalgan paytlarim bo‘lgan, ammo tezda hammasi iziga tushib ketgan. 2019-yil men suratga olgan “Begunoh” seriali reklama bo‘yicha katta yangilik qilgan. Ya’ni uning bannerlari Toshkent shahrining ko‘plab ko‘chalariga ilingan. Reklama zo‘r bo‘lganidan  bilish mumkinki, daromad ham shunga yarasha bo‘lgan. Albatta, rejissorlik faoliyatimni davom ettirishni istayman. Ammo aktyorlikdan ortib, unga vaqt ajratolmay qoldim.

    “Ilk hazil videoga Sariq bola sababchi bo‘lgan”

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    — Bundan roppa-rosa bir yil avval bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyaning Bodrum shahriga sayohat qilganmiz. Jahongir Xo‘jayev, bloger Xonzoda, Feruza Normatova va yana ko‘plab vaynerchilar birga ketishimiz kerak edi. Ammo Jahongir Xo‘jayev ikki kundan keyin o‘zi boshqa reysda boradigan bo‘lib qoldi. U Bodrumga bizdan keyin kelganini ko‘rsatish uchun hazil video suratga olganmiz. Uni Instagram’ga joylaganimda ko‘pchilikka ma’qul keldi. “Kayfiyatim ko‘tarildi, yangisi qachon chiqadi?” degan fikrlardan so‘ng hazil videolar olishga qiziqib ketdik. Feruza bilan ilk videomiz ham aynan Bodrumda tasvirga olingan. Odamlarning fikri ijobiy bo‘lgani uchun Toshkentga kelgandan so‘ng ham uni davom ettirishga qaror qildik.“Feruza Normatova bilan yaxshi partnyorsiz”, degan gapni ko‘p eshitaman. Xalqning fikri hamisha haq. Bildirilayotgan fikrlarda deyarli negativ gaplar yo‘q. Bu ham bizning yutug‘imiz. Samimiy, xalqona va zamon talabidan kelib chiqqan holda videolar olamiz.

    “Feruza Normatova bilan oila qurdik, faqat klipda”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Feruza Normatova bilan oila qurishimiz, unga uzuk taqishim aslida Ozoda Nursaidovaning “Xush kelding” qo‘shig‘ining targ‘iboti bilan bog‘liq edi. U oddiy klip, biz unda rol ijro etganmiz. Klip g‘oyasi qo‘shiqning so‘zlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. Qo‘shiq so‘zlari “Xush kelding hayotimga” degan mazmunda bo‘lgani uchun “Marry me” tarzida klip oldik.

    U har doimgidek klip. Bilmadim, nega bunchalik shov-shuv bo‘lib ketdi. Onam ham kulib, “Sen haqingda endi bunaqa deb yozishibdi”, dedi. Oila a’zolarim ham bunday gap-so‘zlarni ijobiy qabul qilishadi. O‘rtamizda hech qanday konflikt kelib chiqmaydi. Feruza ikkimizning munosabatlarimiz haqida juda ko‘p gap-so‘zlar tarqalgan. Hammasi mish-mish. Biz do‘st va yaxshi partnyormiz, xolos.

    “Instagram’dan yaxshi daromad topiladi”

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    — Ijtimoiy tarmoqlardagi roliklar orqali aktyorlik mahoratini to‘liq ochib berish qiyin. Ammo undan zo‘r kayfiyat va energiya olamiz. Jahondagi ko‘plab yulduzlar, xususan mashhur Uill Smit ham ham ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Avvalo o‘zi zavqlanishi uchun, undan keyin boshqalarning kayfiyatini ko‘tarish uchun videolar oladi. Keyin reklama orqali yaxshi daromad ham topiladi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi faollik ham ijodni talab etadi. Odamlarga nima yoqishini o‘rganish va hamisha nima bilan e’tibor torta olaman, deb bosh qotirish kerak.

    “Bloger hech kimning rizqini yulib olayotgani yo‘q”

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    — Ijtimoiy tarmoqdagi yoshlarning faolligi borasida turlicha fikrlar bor. Aynan mashhur blogerlarning hech qayerda tahsil olmay, trendga chiqishi ham ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ladi. Avvalo, o‘sha insonlarning rizqi qo‘shilgan ekan, bloger yoki vayner bo‘ldi. Agar Alloh peshanasiga yozmaganida, ming urinib ham bu darajaga erishmagan bo‘lardi. To‘rtta mutaxassisning “bo‘lmaydi” degan gapi hech qanday ahamiyatga ega emas. Endi chiqib kelayotgan ijodkorlar o‘zi hurmat qilgan, mashhur san’atkorning oldiga borib maslahat olmoqchi bo‘lsa, keskin fikr bildirib, uning ruhiyatini cho‘ktirib qo‘yishi mumkin. O‘zim ham xuddi shu jarayonni boshdan o‘tkazganim uchun yaxshi bilaman. Odamzod o‘ziga 5 daqiqadan so‘ng nima bo‘lishini bilmaydi. Qanday qilib butun boshli odamni kelajakda nima kutayotganini aytib berish mumkin. Yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgan bola oldimga kelib, gapirib berdi. Institutga hujjat topshirgani borsa, o‘sha yerda ishlaydigan ustozlardan biri “Sendan aktyor chiqmaydi, tashqi ko‘rinishing to‘g‘ri kelmaydi. Sening bo‘y-basting, ko‘rinishing Shahzod Sultonovga o‘xshagan bo‘lishi kerak”, debdi. Haligi bola bilan gaplashib sezdim-u, uning ishtiyoqi butkul sinib bo‘lgan.

    2020-yili O‘zbekistonda vayner va blogerlik sohasi rivojlanishni boshlagan bo‘lsa, o‘shanda chiqqanlarga qarata juda ko‘p tosh otilgandi. To‘g‘ri, ularda kamchilik bo‘lishi mumkin, ammo uni yo‘qotsa bo‘ladi-ku. Bachkana video olayotgan bola ham ulg‘ayadi, qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanligini tushunadi. Har doim ham shunday qolib ketmaydi-ku.Blogerlar ko‘p pul topadi, deyishadi. Haqiqatan ham ularning daromadi yaxshi. Ammo bir haqiqatni anglash kerak, ular hech kimning rizqini yulib olayotgani yo‘q.

    Eslatib o‘tamiz, aktyor Shahzod Sultonov 1996-yilning 27-yanvar sanasida tavallud topgan. Otasi “Zilola” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan xonanda Oybek Sultonov hisoblanadi.

    Mavzuga doir:
    • Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
    • Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • Turmush o‘rtoq sifatida oddiy yigitlarni tanlagan va bundan pushaymon bo‘lmagan yulduzlar
    • Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto)

    18.07.2022, 15:44   Izoh (0)   47425
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozodbek Nazarbekov vazir bo‘lishdan ko‘ra xonandalik yaxshiroq ekani hamda hozirgi lavozimida qancha oylik olishi haqida gapirdi (video)

    18.07.2022, 14:04

    Nigina Jabborova nima sababdan “Afandining qizlari” kulgi jamoasini tark etgani ma’lum bo‘ldi

    18.07.2022, 12:42

    Yigitali Mamajonov ilk marta rahmatli dadasi, Rossiyada kuniga 200 dollar topgani va onasi ular bilan yashamasligi sababi haqida gapirib berdi (video)

    17.07.2022, 21:39

    “Garri Potter” haqidagi kitoblar to‘plamining birinchi nashri Christie’s auksionida sotildi. To‘plam 118-177 ming dollarga baholangan

    17.07.2022, 15:56

    Avaz Oxun 7 yil farzand ko‘rmagani, fitnaga uchrab, uch xonalik uyning puliga kuygani haqida (video)

    17.07.2022, 11:52

    Instagram: Murodbek Qilichevning 122 ming dollarlik xaridi, ota-onasiga mashina sovg‘a qilgan Elyor Meliboyev, Shirin qizalog’ini muxlislariga ko’rsatdi

    16.07.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.