“Yuventus” sobiq hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.
28 yoshli futbolchi rimliklarning taklifini qabul qilgan. Dibala “Roma” bilan 3 yillik shartnoma va yiliga 6 million yevro maosh borasida kelishib olgan.
Pauloga “Roma”ning yangi loyihasida asosiy futbolchilardan biri bo‘lishi va’da qilindi, deya yozadi Janluka di Marsio.
Argentinalik futbolchi jamoa yig‘in o‘tkazayotgan Portugaliyaga uchib ketgan. U yerda Dibala tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Avvalroq Pauloga “Roma”dan tashqari “Napoli” ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 2015-yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelgan Paulo 2021/22-yilgi mavsumda 15 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Mavsum so‘ngida turinliklar bilan shartnomasi yakuniga yetgan Dibala erkin agentga aylandi.
Izoh (0)