• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Mevali daraxtlarga jiddiy xavf — jazirama kunlari qishloq xo‘jaligida nimalarga e’tibor berish kerak?

    Joriy yilning 17—22-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib kelishi tufayli O‘zgidromet shoshilinch xabar e’lon qildi. 

    Unda kunduz kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi, ayrim joylarda shamolning chang to‘zonlar bilan kuchayishi aytilgan. 

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunday ob-havo sharoitining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ta’siri haqida ma’lumot va tegishli tavsiyalar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    G‘o‘za agrotexnikasiga jiddiy yondashish kerak

    Yuqori havo harorati g‘o‘za parvarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni stress holatiga tushishiga olib keladi. 

    Bunday paytlarda klasterlar, fermer xo‘jaligi rahbarlari, mexanizator va ishchilar, soha mutaxassislari, olimlar g‘o‘zani jazirama issiq va garmseldan zarar ko‘rmasligiga hamda yaratilgan hosilni saqlab qolishga o‘ta omilkorlik bilan yondashishlari talab etiladi.

    Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun bir nechta tavsiyalar mavjud.

    Birinchidan, bu davr ichida viloyat va tumanlarning barcha sektorlari o‘zlarining hududlarida soha mutaxassislari, tajribali dehqonlar va mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat “shtablar” tashkil etadi.

    Ushbu shtablarda tunu-kun navbatchilik yo‘lga quyiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar, ishchi va suvchilar to‘liq dalaga ko‘chib chiqishi lozim.

    Ikkinchidan, har bir sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan kultivatorlarni “baliq sirti” qilib o‘ragan holda ertalab va kechki soatlarda kesak hosil qilmasdan mayin kultivatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.

    Aks holda tuproq yuzasi yorilib, o‘simlik ildizlari zararlanadi, vilt kasalligiga chalinishi ehtimoli oshadi, o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hosil elementlari to‘kilib ketadi.

    Bunda mexanizatorlarga dalada barcha sharoitlarni yaratish, ularni kechki soatlarda va kunning issiq vaqtida dam olishlarini tashkil etish lozim.

    Uchinchidan, mavjud barcha purkagichlarni (OVX-600, VP-1, shtangali Appolon) kechki soat 19:00 dan keyin ertalab 7:00 gacha otryad usulida ishlashi tizimli tashkil etiladi. 

    Bunda g‘o‘zaga faqat stimulyatorlar va mikroo‘g‘itli preparatlar bilan ishlov berish tavsiya qilinadi.

    To‘rtinchidan, viloyat va tumanlarda barcha texnikalar tizimli ravishda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish va fekal chiqarishga safarbar qilinadi. 

    Hududlardagi chorvachilik, parrandachilik va qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida to‘plangan mahalliy o‘g‘itlar sug‘orilayotgan dala maydonlariga olib chiqiladi.

    Beshinchidan, joylarda suvni to‘g‘ri taqsimlash va monitoring qilish “shtablari” tashkil etiladi va mavjud suvdan samarali foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

    Suv oldindan rejalashtirilgan va tasdiqlangan grafiklar asosida g‘o‘za, takroriy ekin va tomorqalarga o‘z vaqtida yetkazilishiga suv shtablari shaxsan javobgar hisoblanadi.

    Oltinchidan, g‘o‘zani sug‘orishda suvchilar sonini kamida 2-3 martaga oshirish, ularga dalada barcha sharoitlarni yaratish va tungi sug‘orishga alohida e’tibor beriladi. 

    Sug‘orilayotgan har bir maydon, albatta, sharbat usulida sug‘orilishi, sug‘orishni qisqa o‘q ariqlardan foydalangan holda hamda mavjud egiluvchan quvurlar orqali amalga oshirish shart. 

    Xususan, kam suv bilan, tez-tez suvni ko‘llatmasdan, imkon qadar taktil usul bilan jildiratib sug‘orish kerak.

    Bunday paytlarda paxta maydonlarida egat oralatib yengil sug‘orish usulidan foydalanib, qisqa muddatlarda peshma-pesh barcha paykallarni namlab olish yaxshi samara beradi. 

    Shuningdek, dalada suvni uzoq oqizib va zovurga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.

    Tungi sug‘orish ishlarini tashkil qilish va nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun har bir sektorda rahbar boshchiligida tungi sug‘orishni nazorat qilish guruhlari tashkil etilishi va har kuni sug‘orishni tahlil qilib borish tizimi joriy etiladi.

    Yer osti yoki zovurlar suvidan foydalanishni tashkil etish maqsadida qo‘shimcha ravishda suv nasoslarini o‘rnatish va ularni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Sabzavot ekinlari parvarishiga ta’siri

    Ma’lumki, bugungi kunda dala maydonlarda turli sabzavotlar yetishtirilmoqda, shuningdek, takroriy ekin sifatida yaqindagina yerga ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bor. 

    Keskin ko‘tarilgan ob-havo harorati sabzavot ekinlari parvarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning stress holatiga tushishiga olib keladi.

    Pomidor, shirin qalampir, baqlajon o‘simliklari ekilgandan to gullashni boshlagan vaqtga qadar sug‘orishlar to‘xtatilganda 40-45 kungacha suvsizlikka chidaydi. 

    Suvsizlik davrida ularning gullari to‘kiladi, barglari to‘q-yashil tusga kiradi, kun issiq paytlarda so‘liganga o‘xshab turib barglari ham kichrayadi, yer ustki qismlari rivojlanishi sekinlashadi.

    Ushbu sabzavotlarning meva tugish vaqtida sug‘orishlar to‘xtatilsa, o‘simliklar 30-35 kun chidaydi. Bu vaqtda tuganaklar to‘kiladi, bor mevalari ham maydalashadi, barglari bukilib qoladi. Hosildorlik 40-50 foizgacha kamayadi.

    Pomidor, shirin qalampir, baqlajon o‘simliklarida meva pisha boshlagan davrida sug‘orishlar to‘xtatilganda o‘simlik 15-20 kun suvsizlikka chidaydi hamda pishgan va pishmagan mevalar uchki qismidan sarg‘ayib chirish boshlanadi.

    Bunday sharoitda sabzavot ekinlari parvarishida quyidagi eng muhim agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish talab etiladi:

    • sug‘orish ishlarini tungi vaqtlarda amalga oshirish, har bir dalada suvchilar nazoratini tashkil etish;
    • sug‘orishni mahalliy o‘g‘itlar bilan, sharbat usulida o‘tkazish;
    • suvdan keyin qator oralariga kultivatorlar bilan ishlov berish.

    Meva-uzum bog‘larini yuqori havo haroratidan himoya qilish

    Havo haroratining birdaniga ko‘tarilib ketishi mevali daraxtlar hamda uzumlarga jiddiy zarar keltiradi. 

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Buning oqibatida meva va uzumlarning sifati past bo‘lib, uzoq saqlash hamda tashishga yaroqsiz bo‘lib qoladi, shu bilan birga tovarboplik xususiyatlari tushib ketadi.

    Mevali daraxtlarni havoning jazirama issig‘ida himoya qilishda quyidagi tavsiyalarga amal qilish taklif etiladi:

    1. Daraxtlarni sug‘orish, bu agrotexnik tadbirlarni kunning salqin vaqtida o‘tkazish.
    2. Mevali daraxtlarning shox-shabbasi ichki va tashqi qismiga muntazam suv purkab turish.
    3. Kaolin moddasi (oq qum) bilan mevalarga ishlov berish.

    Tokzorlarda havoning jazirama issig‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar:

    1. Tokzorlar sug‘orilib, tup atroflari yumshatilish kerak.
    2. Xomtok qilinmagan tokzorlarda xomtok o‘tkazilmasligi, agar birinchi xomtok amalga oshirilgan bo‘lsa, ikkinchisini o‘tkazishni to‘xtatib turish.
    3. Har bir shingilni to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilish uchun shingil atrofini barglar bilan o‘rab qo‘yishga erishish.
    4. Shingillar yuzasining yuqori harorat natijasida qizishini oldi olish uchun ularga muntazam suv purkab turish.
    16.07.2022, 22:56   Izoh (0)   44272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyoda iqtisodiy inqiroz avj olmoqda — Jahon banki

    16.07.2022, 20:54

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Jahon savdo tashkiloti global oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi

    16.07.2022, 19:38

    Saudiya Arabistoni jahon neft bozorida muvozanatni saqlashga va’da berdi

    16.07.2022, 16:14

    Xitoy 2022-yilda gaz importini 10 foizga qisqartirdi

    16.07.2022, 13:11

    “Umid chirog‘i”: Nega Ukraina donining blokadasi dunyodagi ocharchilikning asosiy omili emas?

    16.07.2022, 07:26

    Investorlar stagflyatsiyaga tayyorlanishi kerak — Financial Times

    15.07.2022, 23:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.